Amir Temur ning
ama kisi – Kesh viloyatining hukmdori
Amir Hoji Barlos Xuroson tomonga qochadi. 24 yoshli
Amir Temur esa boshqacha yo‘l tutadi.
Temur o‘z yurtini mo‘g‘ullar tajovuzidan himoya qilish
uchun ko‘p o‘ylab,
Tug‘luq Temur ning huzuriga borishga
qat’iy ahd qildi. Natijada u
Tug‘luq Temur ning yorlig‘i bilan
Kesh viloyatining
dorug‘asi (hokimi) etib tayinlanadi.
Shu tariqa,
Amir Temur siyosiy kurash maydoniga kirib
keldi. Keyinchalik, o‘zining bu xatti-harakatini
Temurbek aho
lini mo‘g‘ullar tomonidan talon-toroj etishdan himoya
qilishning yagona yo‘li – puxta o‘ylangan reja 100 ming kishi-
lik qo‘shindan kuchli deb, izohladi.
Tug‘luq Temur o‘g‘li
Ilyosxo‘ja ni Movarounnahrning
hukmdori etib tayinlab, Mo‘g‘ulistonga qaytib ketadi.
Ilyos- Sohibqiron Amir Temur * Dorug‘a – mo‘g‘ulchadan “nazoratchi”, “shahar boshlig‘i” degan ma’noni beradi. Mo‘g‘ullar davlatida mahalliy hokimlar huzuridagi ulug‘ qoon vakili, noibi. Dorug‘a zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan: aholini ro‘yxatga olish; mahalliy xalqdan qo‘shin to‘plash;pochta aloqalarini yo‘lga qo‘yish; soliqlar yig‘ish; to‘plangan soliq-to‘lovlarni ulug‘ qoon saroyiga yetkazish
112
xo‘ja bilan
Amir Temur ning murosasi to‘g‘ri kelmaydi. Shu
sababli u Movarounnahrning nufuzli amirlaridan biri, Balx
hokimi
Amir Husayn bilan ittifoq tuzib, mo‘g‘ullarga qarshi
kurash olib boradi.