O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


Qo‘zg‘olonlarning boshlanishi



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

Qo‘zg‘olonlarning boshlanishi. 
Bunday qo‘zg‘olonlardan 
biri 720-yilda Sug‘dda boshlandi. Qo‘zg‘olonga Sug‘d ixshidi 
G‘urak va Panjikent hokimi Divashtich boshchilik qiladilar.
Sug‘dliklarga yordam berish uchun yettisuvdan turk lash-
karlari keladi. Sug‘ddagi barcha hokimliklar aholisi ko‘tariladi. 
Qo‘zg‘olonchilarning birlashgan kuchlari arablarga qattiq zarba 
beradilar. Faqat ayrim shahar va qal’alar ichida qurshovda qol -
gan arab istilochilari katta o‘lpon va e’tiborli vakillarini qo‘z-
g‘olonchilar ixtiyoriga garovga berish bilan jon saqlaydilar.
Qo‘zg‘olonchilarga yon berilishi. 
Movarounnahr aholisini 
tinchlantirish va arablar hokimiyatini mustahkamlash maqsadida 
Xuroson noibi Ashros Islom dinini qabul qilganlardan xiroj 
va jizya soliqlarini olmaslikka qaror qiladi. Bu aholini tinch-
lantirishga qaratilgan vaqtinchalik tadbir edi. Zodagon deh-
qonlarning ko‘pi o‘z chokarlari va kadivarlari bilan islomni 
qaytadan qabul qilib, arablar tomoniga o‘tadilar. 
Xurosonning yangi noibi Nasr ibn Sayyor (738–748) 
mam 
lakatda o‘z mavqeyini mustahkamlab olish maqsadida 
moliya islohoti o‘tkazadi. Islomni yangi qabul qilgan kishilar 
jizyadan ozod etildi. Barcha musulmonlar huquq jihatdan 
tenglashtiriladi, yer egasining e’tiqodidan qat’i nazar ularning 
xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yiladi.
Oliy martabali arab lashkarboshilari bilan mulkdor deh-
qon lar o‘rtasidagi qon-qarindoshlik aloqalari o‘rnatiladi. Ayni 
vaqtda o‘zi ham namuna ko‘rsatib, Buxorxudotning qiziga 
uylanadi. Bunday siyosat natijasida arablar bilan mahalliy 
zodagonlar o‘rtasida ma’lum darajada ittifoq yuzaga kela 
boshladi. Ammo bu ozodlik yo‘lida olib borilayotgan xalq 
* Islohot — mavjud tartibni o‘zgartirish
* Farmon — qonun kuchiga ega bo‘lgan buyruq


35
harakatlariga barham bera olmaydi. Movarounnahr xalifalikdagi 
eng notinch va isyonkor o‘lkalardan biri bo‘lib qolaveradi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin