Өзбекистон транспорти ва ташқи иқтисодий алоқалари


II. O’zbekiston transport turalri



Yüklə 357,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix29.09.2023
ölçüsü357,3 Kb.
#129553
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
661172 (1)

II. O’zbekiston transport turalri.
O’zbekiston Respublikasida umumiy 
foydalaniladigan yuk va yo’lovchilar tashuvchi transportning barcha turi temir 
yo’l, Avtomobil, havo, shahar elektr transporti (Tramvay, trollebus, metropoliten) 
suv (daryo) quvur trans, shuningdek umumiy foydalanilmaydigan (sanoat) 
transporti – temir yo’l Avtomobil, tasmali transport, osma arqon transporti rivoj 
topgan. 1920 – 91 yillarda Respublika transportning asosiy turlari sobiq 
ittifoqning markaziy vazirliklariga yoki ylarning O’rta Osiyo, O’zbekiston 
bo’yicha hududiy boshqarmalariga bo’ysungan: temir yo’l transportiga O’rta 
osiyo temir yo’l boshqarmasi, suv transportiga O’rta Osiyo davlat paroxodchiligi 
boshqarmasi havo transportiga ittifoq fuqoro aviatsii, vazirligining O’zbekiston 
fuqoro aviatsiya boshqarmasi, umumiy foydalanishdagi Avtomobil transportiga 
O’zbekiston SSR Avtomobil transporti vazirligi rahbarlik qilgan. 
Respublika mustaqilliliga erishgandan keyin transportning xalq xo’jaligiga 
va aholiga xizmat ko’rsatishini tubdan yaxshilash va transport boshqarmasi 


tizimini takomillashtirish maqsadida “O’z havo yo’llari” milliy vaiakompaniyasi 
(1992 28-yanvar) “O’z Avtomobil transport” (O’zavtotrans) davlat aksionerlik 
korporatsiyasi (1993 8 – yanvar. 1998 – y. 11 – iyuldan O’zbekiston Avtomobil 
va daryo tarnsport agentligi); “O’zbekiston temir yo’llari” davlat aktsionerlik 
kompaniyasi (1994 7 – noyabr) va boshqa idoralar tashkil etildi. 
2.1. Temir yo’l transporti. 
Temir yo’l transportining boshqa transport 
turlariga nisbatan yana bir afzalligi shundan iboratki, bu transport atrof muhitga 
kam zarar etkazadi, uning yuk va yo’lovchilar tashish qobiliyati juda yuqori 
bo’lib, ob – havo injiqliklari bilan deyarli bog’liq emas va muntazam ravishda 
harakatda bo’ladi. Bu bilan u avtomobil va ayniqsa havo transportidan katta farq 
qiladi. 
O’zbekistonda temir yo’llar qurish o’zining ma’lum tarixiga ega. Mamlakat 
hududida birinchi temir yo’l 1999 yilda Farob stantsiyasidan Samarqand 
shahrigacha qurilgan bo’lib, u Turkmanboshi (sobiq Krasnovodsk shahri) – 
Chorjuy teminr yo’l tarmogining davomi edi. Uning qurilishi keyinchalik davom 
ettirilib, 1899 yili Andijon va Toshkent shaxrigacha etkazilgan edi. 
İkkinchi jahon urushigacha bo’lgan davrda ham mamalakat hududida qator 
temir yo’l tarmoqlari qurilgan. Ularga Farg’ona – Quvasoy, Asaka – Shahrixon, 
Qorasuv - O’sh, Uchqurg’on - Toshko’mir, Andijon – Tentaksoy kabilar kiradi. 
O’rta Osiyoning, shu jumladan, O’zbekistonning ijtimoiy – iqtisodiy 
taraqqiyotida 30 – yillarda qurilgan, uzunligi 1400 km dan ziyod bo’lgan Turksib 
(Turkiston – Sibir) temir yo’l magistralining bunyod etilishi o’z davrida muhim 
hamiyatga ega bo’ladi. 
İkkinchi jahon urushining og’ir yillarida temir yo’llar qurilishi va ishga 
tushirilishi muhim ishlarni bajarish imkoniyatini berdi. Dushman egallab olgan 
joylardan unlab sanoat korxonalarini Respublikamizga ko’chirib kelinishi, 
urushga jalb qilinganlarni qurol – yarog’lar, turli oziq – ovqat mahsulotlari, kiyim 


– kechak va boshqa yuklarni etkazishda temir yo’l transporti katta xizmat qildi. 
Ana shu davrda temir yo’l tarmoqlarini bevosita sanoat korxonalariga 
yaqinlashtirish muhim edi. Masalan, yirik Angren ko’mir havzasiga temir yo’l 
tarmog’i o’tkazildi. Chirchiq shahridagi o’z davri uchun ulkan bo’lgan va 
keyinchalik yirik kimyo korxonasiga aylangan elektrokimyo kombinatiga yo’llar 
qurildi. 
Urush tugab tinch davr boshlangan yillarda mamlakatning mavjud temir 
yo’llarini qaytadan tiklash va yangi temir yo’l tarmoqlarini qurish, zarur texnika 
bilan ta’minlash evaziga transportning bu turi rivojlandi. Chunonchi, urushdan 
keyingi yillarda Mirzacho’l, Qarshi cho’li, Amudaryoning quyi qismida qo’riq 
erlarni o’zlashtirish bo’yicha katta ishlar olib borildi. 

Yüklə 357,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin