Өзбекистон транспорти ва ташқи иқтисодий алоқалари


Suv – Quvur va shahar yo’lovchilarini tashish elektrr trasporti



Yüklə 357,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix29.09.2023
ölçüsü357,3 Kb.
#129553
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
661172 (1)

2.4. Suv – Quvur va shahar yo’lovchilarini tashish elektrr trasporti.
O’zbekiston hududida yirik tabiiy gaz, neft konlarining topilishi va ishga 
tushirilishi sababli quvur transporti rivojlandi, muhim ahamiyatga ega bo’lgan 
gaz quvurlari vujudga keldi. 
Respublikada elektr tizimi tashkil topishi va rivojlanishi transportning 
yangi turi – elektr transportining vujudga kelishini taqozo etdi. Hozirgi vaqtda 
transportning bu turi yordamida O’zbekiston O’rta Osiyo elektr tizimiga ulangan. 
Mamlakat transportida suv transporti ham o’ziga munosib o’rni egallab 
kelgan edi. Biroq, keyingi yillarda Orol dengizida vujudga kelgan vaziyat, yani 
uning suvini kamayib ketishi, qirg’oqlarining chekinishi tufayli bu dengizdagi 
transport o’z mohiyatini yo’qotdi. 
O’zbekistoning quvur transporti rivojlanib bormoqda. Respublika hududida 
neft quvuri dastlab Chimyon neft koni bilan Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi 
o’rtasida qurilgan edi. 


Sovet hokimiyati yillarida Farg’ona vodiysida bir qancha neft konlari 
topilib ishga tushirilgach bu konlardan Oltiariq va Farg’ona neftni qayta ishlash 
zavodlariga neft quvurlar orqali keltiriladigan bo’ldi. 
Respublikamiz janubida neft konlari (Lalmikor, Qumqo’rg’on) ishga 
tushirilishi bilan Amudar, konidan Amu Zangacha, Qashqadar viloyatidagi 
G’arbiy Toshloqdan Qashqadar, bekatigacha, Shimoliy O’rtabuloqdan 
Oltingugurt zavodigacha neft quvurlari o’tkazildi. 
1992 – yilda Mingbuloq – Oqtosh neft quvuri ishga tushirildi. Buxoro 
neftni qayta ishlash zavodining ishga tushirilishi esa Ko’kdumaloq – Qorauvl 
bozor neft quvurining yotqizilishiga olib keldi. 
Bizga ma’lumki, ishlab chiqarish infrastrukturasiga yana inshoat va 
qurilmalar, kommunikatsiya va tarmoqlar, jumladan elektr uzatish yo’llari, 
taqsimash tarmoqlari, suv, gaz, neft o’tkazgichlari issiqlik trassalari, telefon 
tarmoqlari va boshqalar kiradi. 
Aholiga xizmat ko’rsatish madaniyati va sifatini yaxshilash, yo’lovchilar 
transportida bozor raqobati muhitini yaratish, Respublikada avtotransport 
faoliyatini tartibga solish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1998 yil 17 avgustdagi “Shahar yo’lovchilar transportida ochiq 
tenderlar tashkil etish va ulrani o’tkazish masalalari to’g’risida”gi 350 – sonli va 
1999 yil 29 iyuldagi “Shahar atrofii, shaharlararo va xalqaro yo’lovchilar tashish 
avtomobil transportida ochiq tenderlar tashkil etish va o’tkazish masalalari 
to’g’risida”gi 368 – sonli qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2006 
yil 31 yanvardagi 11 – sonli qarori bilan tasdiqlangan “Toshkent shahrida 
yo’lovchilar tashish yo’nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil 
etish va o’tkazish to’g’risida”gi nizom talablaridan kelib chiqqan holda barcha 
shahar yo’nalishlari, shaharatrofi va shaharlararo – viloyat ichki yo’nalishlar, 
Qoraqalpog’iston Respublikasi hududidagi yo’nalishlar, viloyatlararo – 


shaharlararo yo’nalishlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahri o’rtasidagi yo’nalishlar tender asosida joylashtiriladi. 
«Press – uz. info» AA – Dunyoda inson qo’li bilan yaratilgan va 
odamzodga in’om etilgan tabiat mo’jizalari bisyor. Biz ularni yetti raqami bilan 
bog’lashni xush ko’ramiz: yetti iqlim, yetti sayyora, yetti mo’jiza va hakozo. 
Zero, yetti raqami bilan bog’lashimizda ham o’ziga xos ma’no bor. Kundan – 
kunga yuksalib borayotgan, o’zgarishlarga yuz tutayotgan har bir kunimiz 
mo’jizalarga to’la. İstiqlol yillarida qad rostlagan inshootlar, ajdodlarimiz 
sharafiga bunyod etilgan muhtasham maqbaralar, yodgorliklar, zamonaviy 
avtomobil va temir yo’llarining qurilishi, shuningdek, fan va texnika, ishlab 
chiqarish va sanoatda qo’lga kiritilayotgan ulkan yutuqlar ana shunday mo’jizalar 
qatorida turishi shubhasiz. 



Yüklə 357,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin