3.2. O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqasida xalqaro turizmning tutgan
orni.
Kelajakda, O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga
ko’tarishda xalqaro turizm muhim o’rin tutmog’i lozim. Turizm tarmog’i to’g’ri
va samara bilan tashkil etilsa, u katta daromad keltiradigan sohaga aylanadi. Aniq
foyda manbai bo’lish xalqaro turizm mamlakatga katta miqdorda chet el
valyutasini olib kelishi va uning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa
qo’shishi mumkin.
O’zbekiston turizm sohasini har tamonlama rivojlantirish uchun qator
imkoniyatlarga ega. Uning o’ziga xos tabiiy sharoiti, arxitektura –
me’morchilikning
noyob
yodgorliklari,
mehnatsevar
va
mehmondo’st
xalqimizning yaratgan mahsulotlari chet eldan kelgan sayyohlarni nihoyatda
qiziqtiradi.
Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasida eng avvalo
Samarqand, Buxoro, Xiva singari jahonni hayratga solayotgan, ajoyib tarixiy
yodgorliklar saqlanayotgan qadimgi madaniyat va memorchilikning nodir
markazlari katta ahamiyatga ega.
Xalqaro turizm sohasini samarali rivojlantirish maqsadida 1992 yil iyulida
«O’zbekturizm» Milliy kompaniyasi tashkil etildi. Hozirgi kunda ushbu
kompaniya turizm borasida arzigulik ishlarni amalga oshirmoqda.
«O’zbekturizm» Mİlliy kompaniyasining tashkil topishi va uning 1993 yili
jahon turizm tashkilotiga a’zo bo’lishi Respublikada xalqaro turizmning tezroq
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Masalan, 1962 yili uzoq xorijdan
mamlakatimizga kelgan turistlar soni 60 ming kishi bo’lgan bo’lsa, 2001 yil
boshida bu raqam 320 mingdan ortib ketdi. Mustaqillik qo’lga kiritilgandan so’ng
o’tgan qisqa vaqt ichida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy
shaharlarimizda zamonaviy, jahon andozalari talabiga javob beradigan
mehmonxonalar majmui qurilib ishga tushirildi.
Mamlakatimizda to’rt mingdan ortiq tarixiy – memorchilik yodgorliklari,
boy ma’naviy meros jahon diqqat – etiborini o’ziga tortmoqda. Ayniqsa bu
borada Buyuk İpak yo’lining tiklanishi katta ahamiyatga ega. Ana shundan kelib
chiqib Respublika PRezidenti «Buyuk İpak yo’lini tiklashda O’zbekiston
Respublikasining ishtirokini faollashtirish va mamlakatda xalqaro turizmni
rivojlantirish bo’yicha «O’zbekistonda turizmni 2005 yilgacha rivojlantirish
Davlat dasturi to’g’risida»gi Farmonga imzo chekdi. Vazirlar Mahkamasi esa
«O’zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infrasturkturasini
yaratish bo’yicha chora – tadbirlar to’g’risida» qaror qabul qildi. Ushbu rasmiy
hujjatlarda xalqaro turizm faoliyatini har tomonlama yaxshilashga qaratilgan eng
muhim masalalar o’z aksini topgan.
Xulosa
Transport yo’lovchilarni va yuklarni tashish bilan mamlakat bo’ylab ham,
jahon bo’ylab ham geografik mehnat taqsimotining chuqurlashuviga imkon
yaratadi. U mamlakatlararo iqtisodiy, madaniy aloqalarning yuksalishida muhim
rol o’ynaydi. Materik markazida joylashgan mamlakatimizning xalqaro aloqasida
transportning o’rni, ayniqsa, muhim.
Yurtimiz jahon sivilizatsiyasining qadimiy davlatlaridan bo’lganini Siz
tarix darslaridan yaxshi bilasiz. Bunda o’sha yaqtda Yevropa bilan osiyoni
bog’lab turuvchi – Buyuk ipak yo’li aynan bizning mamlakat hududidan
o’tganligi alohida o’rin tutadi. Endilikda transportning quruqlik (temiryo’l,
avtomobil transporti), suv (dengiz va dary), havo, quruv (neft va tabiiy gaz
tashish) va elektron (elektr uzatish liniyalari) transporti turlariga egamiz.
Yuu va yo’lovchi tashishda muayyan manzilga borgunicha transportning
ikki, uch va, hatto, to’rt turidan foydalanishga to’g’ri keladi. Aytaylik, uzoq
qishloqdan shahar, viloyat markaziga bormoqchi bo’lsak, uydan avtomobil
bekatigacha ot – ulovda, so’ng temiryo’l vokzali yoki aeroportgacha avtomobilda
va, nihoyat, poyezd yoki samolyotda ko’zlangan manzilga yetamiz.
O’zbekistonda hozirgi zamon transportining (suv transportidan bo’lak) barcha
turlaridan keng ko’lamda foydalanilmoqda.
Barcha transport turlari xizmat ko’rsatish jarayonining o’zaro aloqadorligi
asosida transport majmuasini tashkil etadi. Har bir transport turiga mos mashina
parki (avtomobillar, lokomotivlar, vagonlar, samolyotlar) yuk ortish – tushirish
maydoni, harakat yo’nalishi, vokzal, aerodrom, stansiya, bekat hamda aloqa
vositalari bo’ladi.
Temiryo’l yoki avtomobil yo’li qurishga ko’plab mablag’ va vaqt kerak
bo’ladi. Quvur transportiga esa minglab tonna quvur sarflanadi. Ammo suv yoki
havo transporti harakatlanadigan yo’nalish (trassa) o’z mablag’ evaziga yo’lga
qo’yiladi.
Transport turlari ishchi kuchini band qilishi bo’yicha ham keskin
farqlanadi. Yuu quvur, suv, temiryo’l transportlarida tashilganida sarf – xarajati
avtomobil yoki havo transportida tashilgan yuk sarf – xarajatidan ancha kam
bo’ladi. Neft yoki yog’och ortilgan ko’plab vagonlarni bitta lokomotiv tortib
borayotganini kuzatgandirsiz? Yuzlab vagon tirkalgan o’sha poyezdni 2 – 3
kishigina boshqaradi. Holbuki, 125 tonna yuk kotaradigan bitta eng katta
avtomobilni ham shuncha kishi boshqaradi. Katta hajmli 100 minglab tonna
yuklarni suv transporti (tanker) da tashilganda esa yo’l xarajati yana ham arzon
tushadi.
Suv tarnsporti boshqa turdagi transportlardan sekin harakatlanishi bilan
ajralib turadi. Ammo u olis masofaga to’xtovchiz harakat qilishidan, tezligi katta
bo’lsa – da, stanchiyalarda to’xtab - to’xtab harakatlanadigan poyezd bilan
muayyan masofani bir vaqtda bosib o’ta oladi. Yukni temiryo’l va suv
transportida bevosita egasiga yetkazish imkoniyati ancha cheklangan. Bulardan
farqli o’laroq, avtomobilda istalgan joygakltsa bo’ladi. Transportning ishi haqida
uning yuk tashish hajmiga qarab fikr yuritish mumkin. Yuk tashish hajmi ma’lum
vaqtda ma’lum masofaga tashilgan yuk miqdoridir. U tonna, kilometrda
ifodalanadi.
Transport sanoat bilan qishloq xo’jaligi o’rtasidagi ishlab chiqarish
aloqalarini, mamlakatning turli hududlari o’rtasidagi mahsulot almashinishini,
uning tashqi savdosini ta’minlaydi. Yangi hududlarni o’zlashtirishdan oldin
ularga transport yo’llari o’tkaziladi. Hozirgi zamon shaharlari hayotini
transportsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Transportning mudofaa ahamiyati ham juda
kattadir. Transport iqtisodiyotga xizmat qilish bilan birga ko’p miqdorda elektr
energiya, yoqilg’i, metall, yog’och talab etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov İ.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. –T., «O’zbekiston»,
1999.
2. Kalashnikova T.M. ekonomiko – geograficheskoe rayoni – rovanie. –M.,
1999.
3. Soliev A.S., Mahamadaliev R.Y. İqtisodiy geografiya asoslari. -T., 1996.
4. Baratov P. «O’zbekstan ta’biyiy geografiyasi» Tashkent, 1996.
5. Saliev A. «Mintaqaviy iqtisodiyot» Toshkent, 2003.
6. G. Asanov, M. Nabixonov, İ Safarov «O’zbekistonning iqtisodiy va
ijtimoiy jug’rofiyasi.
7. Saliev A.S., Ahmedov,.A., R.Y. Muxamashev E.A., Hokozo B.
«Mintaqaviy iqtisodiyot».
Dostları ilə paylaş: |