Өзбекистон транспорти ва ташқи иқтисодий алоқалари


 O’zbekistonda tashqi sovdaning rivojlanishi va tovar tarkibi



Yüklə 357,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix29.09.2023
ölçüsü357,3 Kb.
#129553
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
661172 (1)

3.1. O’zbekistonda tashqi sovdaning rivojlanishi va tovar tarkibi.
Ko’p 
yillar O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan olib boriladigan iqtisodiy 
aloqalarida eksport hajmiga nisbatan import hajmining salmog’i ortiqroq bo’lib 
kelgan bo’lsa, endilikda bu borada ijobiy o’zgarishlar ro’y bermoqda. 
Respublikaning tashqi savdo oboroti 1999 yili 6246,5 million AQSh dollariga 
teng bo’ldi. Shundan eksport 3235,8 million dollar va import 3110,7 millon 
dollarni tashkil etdi. 2000 yil natijalariga ko’ra eksport hajmi yanada ortdi va bu 
boradagi ijobiy saldo 317,6 million AQSh dollariga teng bo’ldi. 


Quyida keltirilgan jadvaldan O’zbekistonning keyingi bir necha yil 
davomida olib borgan tashqi savdosi haqida ma’lumotlar olish mumkin. 
O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo hajmi (mln. AQSh dollari 
hisobida) 
Yillar 
Jami 
Shundan: 
Eksport 
İmport 
1994 
5299,4 
2689,9 
2609,5 
1995 
6012,6 
3719,9 
2892,7 
1996 
9311,3 
4590,2 
4721,1 
1997 
8910,5 
4387,5 
4523,0 
1998 
6816,5 
3528,2 
3288,7 
1999 
6346,5 
3235,8 
3110,7 
2000 
6212,1 
3264,7 
2947,1 
Mustaqil davlatlar hamkorligi tarkibiga kiruvchi mamlakatlar bilan 
O’zbekiston orasidagi iqtisodiy aloqalarda ham eksport hajmi import hajmidan 
yuqori. Masalan, 2000 yilda import – 809,9 million, eksport – 982,8 million 
dollarni tashkil etdi. 
Respublika Prezidenti İ.Karimov Vazirlar Mahkamasining 2000 yilda 
mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2001 yilda 
iqtisodni 
erkinlashtirish 
va 
islohotlarni 
chuqurlashtirishning 
ustuvor 
yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisidagi ma’ruzasida shunday degan edi: «Biz 
eng muhim bir fikrni chuqur anglab olishimiz zarur. Faqat eksportning 
o’sishigina valyuta tushumlari keltiradi, faqat shu asosdagina ishlab chiqarishni, 
texnik jihatdan yangilash masalasini hal etish mumkin». Mamlakat rahbarining 


ushbu so’zlari tashqi iqtisodiy munosabatlarning naqadar muhimligidan dalolat 
beradi. 
O’zbekistonda iqtisodiyotdagi ustivor loyihalarni amalga oshirish uchun 
jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi 
(1995). Bular kompaniyalarning bevosita sarmoyasidir. Shuningdek O’zbekiston 
uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar ham olmoqda. Xorijiy investitsiyalar birinchi 
navbatda aholini oziq – ovqat bilan ta’minlashni yaxshilashga xizmat qiladigan 
agrosanoat kompleksini rivojlantirish, sanoatning ustivor tarmoqlarini, xususan 
yoqilg’ienergetika majmuasini jadal rivojlantirish, xalq xo’jaligining ilmtalab 
sohalarida yangi quvvatlarni barpo etish, hozir ishlab turgan korxonalarni 
yangilash, respublikaning importga qaramligini kamaytirish; respublikaning 
eksport imkoniyatlarini kuchaytirish, mahsulotlarning raqobatbardoshligini 
ko’tarish, eksportda mashinasozlik va kimyo sanoati mahsulotlari hissasini 
ko’paytirish, xom ashyo eksportidan tayyor mahsulotlar eksportiga o’tish; kichik 
va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirish, qadimgi hunarmandlik va an’anaviy kasb – 
korlarni tiklash; Markaziy Osiyo bozorini rivojlantirishda korxonalarning 
hamkorligi uchun iktisodiy va tashkiliy shart – sharoitlarni yaratish, o’zaro 
manfaatli loyihalarni hamkorlikda yaratish yo’nalishlarida sarflanmoqda. 

Yüklə 357,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin