O'zbekistonda statistika faoliyatini tashkil etish xususiyati


Statistikafanining predmeti va usuli



Yüklə 34,06 Kb.
səhifə2/6
tarix11.04.2023
ölçüsü34,06 Kb.
#125102
1   2   3   4   5   6
STATISTIKA

Statistikafanining predmeti va usuli.

Statistika mustakil ijtimoiy fan bo’lib, o’zining xususiy predmeti va usuliga ega, bu fan o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uzviy ravishda bog’langan holda olib o’rganadi. Butun borliq, ya’ni moddiy dunyodagi tabiiy va ijtimoiy xodisalarning barchasi statistikaning o’rganish obyekti bo’lib hisoblanadi.
Tabiiy xodisalarning sifat tomonlarini maxsus tabiiy fanlari o’rganadi. Masalan, hayvonot dunyosini – zoologiya, modda tuzilishini – ximiya, organik hayotni – biologiya, fazoni – astronomiya, yer qatlamlari boyliklarini – geologiya fani o’rganadi va hokazo. Tabiiy xodisalarning miqdoriy tomonlarini esa mavhum holda matematika o’rganadi.
Ijtimoiy hayotdagi xodisalarning sifat tomonini falsafa, iqtisodiy nazariya, iqtisodiy geografiya, iqtisodiy ta’limlar tarixi, iqtisodiyot va shu kabi ijtimoiy fanlar o’rganadi. Masalan, iqtisodiy nazariya jamiyat oldida turgan ikkita qarama-qarshi muammo, ya’ni ishlab chiqarish resurslarining cheklanganligi va extiyojlarning cheksizligi o’rtasidagi mutanosiblikni o’rganadi, tegishli qonun va qonuniyatlarni belgilab beradi.
Ijtimoiy xodisalarning miqdoriy tomonlarini esa statistika o’rganadi. U ayrim xodisalar bilan shug’ullanmasdan, balki ommaviy xodisalarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomoni bilan chambarchas bog’langan holda taxlil qiladi.
Demak, statistika fanining predmeti deb, jamiyatda ro’y berayotgan ijtimoiy xodisalarni miqdor jihatdan o’rganib, ularni sifat ko’rsatkichlari bilan bog’lab, ma’lum vaqt va joyda o’rganishiga aytiladi.
Bu ta’rifdan quyidagi to’rtta asosiy xususiyatlarini ta’kidlab o’tish mumkin:
Birinchi xususiyati shundan iboratki, bu fan o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarni o’rgangani uchun ijtimoiy fan bo’lib hisoblanadi va jamiyatning hamma tomon (iqtisodiy, ijtimoiy va hokazo) larini o’z ichiga qamrab olib o’rganadi.
Ikkinchi xususiyati shundan iboratki, o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarning miqdoriy tomonlarini o’rganadi.
Uchinchi xususiyati shundan iboratki, o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarning miqdorini sifat ko’rsatkichlari bilan bog’lab o’rganadi.
To’rtinchi xususiyati shundan iboratki, o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarning miqdori va sifatini ma’lum vaqt va joyda o’rganadi.
Misol qilib, paxta yetishtirishni olaylik xo’jalik 2003 yilda 1200,0 t. paxta yetishtirgan bo’lsin. Bu yerda bu sonpaxta yetishtirish hajmini, xodisa miqdorini belgilasa uning chiqish tolasi esa sifat ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi va bu ko’rsatkichlar bir-biri bilan uzviy birlikda bo’ladi va bir-birini taqozo etadi.
Demak, miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlari bilan aloqasi qonuniydir, ya’ni sifat o’zgarishlari faqat miqdor o’zgarishlari vositasidagina sodir bo’ladi. Bu qonunning mohiyatidan kelib chiqqan holda statistika fani bilan quyidagi tushunchalar chambarchas bog’liqligini ko’rib chiqamiz:
Qonun – bu ikki xodisa o’rtasidagi ichki va zaruriy bog’lanishdir. Qonun xodisalardagi muhim, umumiy, zaruriy takrorlanadigan bog’lanishlarni ifodalaydi. Masalan, qiymat qonuni bo’yicha tovarlarning qiymati unda mujassamlangan ijtimoiy zaruriy mehnat bilan aniqlanadi.
Qonuniyat – ko’pincha xodisalardagi takrorlanish, ketma-ketlik, izchillik va tartib tushuniladi. Bu ketma-ketlik, izchillik faqatgina u yoki bu tomonga og’gan alohida ko’rsakichlarning umumiy to’plam o’rtasida o’zaro yeyishib ketishi natijasida yuzaga keladi.
Statistik qonuniyatlar – ommaviy ijtimoiy ma’lumotlarni umumlashtirish yo’li bilan aniqlanadigan qonuniyatlarni o’rganilishini tushunamiz.
Dinamik qonuniyatlar – faqatgina alohida xodisalarda ro’y beradigan qonuniyatlarni o’rganilishini tushunamiz.
Yuqoridagi ko’rib chiqilgan ommaviy-ijtimoiy xodisalar statistika fani bilan qam chambarchas bog’liq bo’lib, bu bog’liqlikni quyida ko’rib chiqamiz:
Birinchidan, iqtisodiy xodisalar o’rganiladi. Bunda, eng avvalo bu yerda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish ko’zda tutiladi, ya’ni: statistika iqtisodiy xodisalar miqdorini, ijtimoiy taraqqiyot negizi-iqtisodiy qonun va qonuniyatlarni aniq vaqt va joy sharoitida qanday miqdoriy bog’lanish va nisbatlarda yuzaga chiqayotganligini o’rganadi. Bu o’rinda u ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarini bir butunligida olib tekshiradi.
Ikkinchidan, madaniy va ta’lim-tarbiya sohasidagi xodisalar o’rganiladi. Statistika ularni ham miqdor jihatdan o’rganadi. jumladan, u madaniy-ma’rifiy munosabatlarning, o’quv yurtlarining, maktab, bog’cha, kutubxona va hokazolarning rivojlanishini o’rganadi.
Uchinchidan, siyosiy va mafkuraviy xodisalar o’rganiladi. Bunda barcha bo’lib o’tgan va bo’layotgan qurultoylar, sessiyalar, saylovlar, ulardagi qatnashchilar soni, ovozlarning taqsimlanishi kabilar ana shunday xodisalar turkumiga kiradi.
To’rtinchidan, tabiiy xodisalar o’rganiladi. Bunda tabiiy ofatlar, ya’ni: zilzila, suv toshqinlari, do’l yog’ishi, yong’in, portlash kabilar ana shunday xodisalar turkumiga kiradi.
Bundan tashqari, statistik qonuniyatning namoyon bo’lishi ulkan sonlar qonunining amal qilishi bilan bevosita bog’liqdir. Bu qonunning mohiyati shundaki, xodisalar to’plami qancha ko’proq unsurlardan tashkil topsa, unda alohida tasodifiy sabablar bilan bog’liq bo’lgan o’zgaruvchanliklar shuncha to’laroq o’zaro yeyishadi va natijada xodisalarning zaruriy bog’lanishi va izchilligi, umumiy qonuniyatlari aniqroq yuzaga keladi.
Masalan, tug’ilishlardagi o’g’il bolalar bilan qizlar sonining nisbatidagi umumiy qonuniyatni olaylik. Viloyatlar miqyosida xar 100 ta tug’ilishdan 51 tasi o’g’il va 49 tasi qizdir. Vaholanki, ayrim oilalarda bu nisbat turlicha, ya’ni faqat o’g’il bolalar, faqat qiz bolalar yoki aralash bo’lishi mumkin.
Demak, bir qancha tasodiflar orqali o’ziga yo’l ochuvchi va ularni tartibga soluvchi ichki qonun faqatgina katta to’plamdagi miqdor olingan vaqtdagina namoyon bo’ladi.


Yüklə 34,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin