167. TFQ ning 261-bandiga muvofiq, signalizatsiya va aloqa barcha vositalari ishining tanaffus (to’xtash) paytida poezdlar harakati bir yo’lli uchastkalarda yozma xabarnomalar orqali, ikki yo’lli uchastkalarda - stansiyalar orasidagi peregonda poezdning o’tishiga ketadigan vaqt bilan chegaralash orqali amalga oshiriladi. Yozma xabarnomalar orqali yoki poezd peregonni bosib o’tishi uchun tayinlangan vaqtni taqsimlash usuli bilan poezdlar harakati, peregonni chegaralovchi stansiyalar navbatchilari o’rtasida poezdlar harakati to’g’risidagi so’zlashuvlarni ularning ixtiyorida bo’lgan biron bir aloqa vositasi orqali amalga oshirishning iloji bo’lmasa, belgilanadi.
168. Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa vositalari ishlamaganda stansiya navbatchisi tomonidan mashinistga beriladigan, diagonali bo’ylab ikki qizil tasmali oq blankdagi ruxsatnoma (DU-56 shaklidagi blank 98-betda keltirilgan) poezdga peregonni egallash xuquqini beradi.
Bunda, agar ilgari jo’natilgan poezdning qo’shni stansiyaga yetib borganligi to’g’risida ma'lumot bo’lmasa, avval jo’natilgan poezdning ort qismi muhofazalanmagan bo’lishi mumkinligi sababli mashinist peregon bo’ylab o’ta ehtiyotkorlik va darhol to’xtashga tayyor holda harakatlanishi lozim.
169. Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa vositalari ishlamaganda quyidagi poezdlarni jo’natish taqiqlanadi:
a) 1 klassli xavfli yuklar (VM), nogabarit yuk ortilgan, birlashtirilgan, og’irligi va uzunligi oshirilgan, shuningdek bir mashinist tomondan xizmat ko’rsatiladigan poezdlar;
b) peregonda ishlash uchun to’xtaydigan, tiklash va o’t o’chirish poezdlari va yordamchi lokomotivlar bundan mustasno;
v) peregondagi tutash yo’lga borayotgan.
Suruvchi lokomotivlar peregonning boshidan oxirigacha harakatlanib qo’shni stansiyagacha borishi shart.