Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
240
ko‘rinardi. 
— Qiziq, — javob berdi Palmer savolga savol bilan, — tinchlikmi? Erta uyg‘onibsan? 
Siyqasi chiqqan olib qochishdan uyquga to‘ymagan Edisning ensasi qotdi. 
— Soat birda ham uyg‘oq edim. Sendan esa darak yo‘q. 
— Ikkigacha sabring yetmaydi-ku, — javob berdi Palmer bunga. — Tosh qotib uxlab yotibsan. 
Dastlabki savoliga javob bermaganini bilib tursa ham Edis sir boy bermadi. Buning o‘rniga yuvinish 
xonasiga bordi-da, tish cho‘tkasiga qo‘l cho‘zdi. U tishini yuva boshladi, Palmer esa soqol cho‘tkani 
namlab, stakanda sovun ko‘pirtirdi. Vanna ichini yalpiz aralash yengil lavanda hidi tutdi. Shisha 
devorda qizg‘ish yog‘du jilvalandi. Palmer yuzini chaydi-da, soqolini qirtishlay boshladi. Ahyon-
ahyonda u xotiniga ko‘z tashlab qo‘yardi — surishtirishga tushib ketmoqchi emasmi, ishqilib. Birdan 
xotinini anchadan beri bunday holda ko‘rmaganini eslab, unga razm sola boshladi. Ular 
mehmonxonada turishganida vannaxonaga faqat bir kishi sig‘ardi. Ular bu uyga ko‘chib kelganlaridan 
buyon Edis negadir har kuni undan oldin kelib yuvinardi. 
Yumshoq elastik pijama xuddi homilador ayollarday Edisning yelkasida shalvirab turardi. Tepadan 
tushib turgan och pushti nurda pijama yanada to‘q ko‘k bo‘lib ko‘rinardi. Devordagi isitgichlar yaxshi 
ishlab turganiga qaramay, Edisning ensiz yalang oyoqlari va boldirchalari sovqotganidan g‘oyat 
ayanchli ko‘rinmoqda edi. Xotinini tishini tozalab bo‘lib, baland bo‘yli shishadan allaqanday sutrang 
suyuqlik olib, yuzini chayayotganini kuzatar ekan, Palmer uning dumbalari silkinishidan sonida osilib 
turgan ishtoni asta sirg‘alib, oyoqlari atrofiga taxlanib tushganini ko‘rdi, tushgan kiyim chekkasidan 
faqat oyoq barmoqlarigina chiqib turardi. 
Palmer kiyinishga chog‘languncha xotini yotoq bo‘lmadan chiqib keldi. Xalatni yechishdan oldin 
tishlangan joyni berkitish uchun Palmer trusigini tortib qo‘ydi. Bir necha daqiqadan keyin u oshxonaga 
kirgan edi, qarasa, u yerda hech kim yo‘q ekan, dasturxon yozilmagan. U oshxonaga bordi. Ola-bula 
guldor qaviqli xalatida missis Keyj choynakka sovuq suv to‘ldirayotgandi. 
— Salom. Missis Palmer qani? 
Birmuncha muddat hech nima deb javob bermay, oshxona bekasi unga qarab turdi. 
— Tepada. Nima, soatim orqadamikan? Meniki yetti yarim bo‘ldi. 
Palmer o‘zining soatiga qaradi. 
— To‘g‘ri. 
— Bugun erta turibsiz, — dedi ayol, — salom. 
Oshxonadan chiqib ketar ekan, Palmer jiddiy jilmayib qo‘ydi. Odatdagidan erta turganim ham hech 
nimani anglatmaydi, o‘ziga tasalli berdi u. U uzun egma zinapoyalardan katta eshik oldiga tushib 
bordi-da, eshikni ochdi. Eshik va devor oralig‘idagi bo‘shliqqa ko‘zdan yashirin tashlab qo‘yilgan 
gazetalarni paypaslab topguncha shamolsiz qish tongining kuchli izg‘irini baribir badanini teshib 
yuborgudek bo‘ldi. Gazetalarni topib ichkariga shoshildi va yana zinadan ko‘tarilib, “Tayms”dagi 
Olbani xabarini o‘qishga tutindi. Aftidan, ayni vaqtda u yerda bahsli qonun loyihalari haddan tashqari 
ko‘p edi, ammo bo‘limlar haqidagi qonun loyihalari haqida esa bir og‘iz ham gap yo‘q edi. 
Palmer “Gerld tribyun” hisobotini mutolaa qilgancha birinchi qavat maydonchasida turar edi. O’z 
odati bo‘yicha Olbanidagi voqealarni o‘zaro bo‘lashib, gazetalar ikkita maqola berar edilar. Biri 
dalillarni xabar qilsa, ikkinchisi bu voqealar rivojini sharhlar edi. Har doimgidek, gapning tagiga yetish 
uchun har ikkala maqolani yodlab olish zaruratidan xayol g‘ijinish his etardi. Shunday bo‘lsa-da, 
voqealarni tanqid etayotgan maqola tagida mayda harflar bilan pot pourri qisqa xabarlarga ko‘zi 
tushdi. Ularda turli mish-mishlar bayon etilgandi. 
“Manba katta ham, kichik ham emas, Viktor S., Katta Vik esa ittifoqdoshlariga omonat banklari 
bo‘limlari haqidagi qonun loyihasi munosabati bilan Tammanining mustahkam muxolifatida 
parokandalik haqidagi mish-mishlarda zarracha haqiqat yo‘q. Uning mavjud holatidan ancha ko‘ngli 
to‘q bo‘lib ko‘rinuvchi atter ego, publitsist Mak Berns shtatning g‘arbiy okruglari bo‘ylab kichikroq 
sayohat qilmoqda”. 
Palmer titrab ketdi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin