www.ziyouz.com kutubxonasi
239
qancha filantropik jamiyatlarning faol a’zosi edi; bu guruhlarning yig‘in va tadbirlariga qo‘shimcha
keyinchalik kelgan Ota-onalar va o‘qituvchilar uyushmasi yig‘ilishlari er-xotinlik yaqinlashuvining
butun jarayonini teatrga borish va qarindosh-urug‘larni ziyofati taklif etishlar bilan bir qatorda ular
turmushi tarzini ikkinchi darajali narsaga aylantirib qo‘ygandi.
Palmer ko‘zini yumdi-da, fikrlarini bir amallab izga solishga urindi. Bunda Edisni ayblash mumkin
emas, o‘yladi u. Modalar jurnali suvratlarining uslubiga monand tarzda u g‘oyat jozibador edi. Eriga
nisbatan jismoniy moyillikning yo‘qligi Palmerning uyga kech qaytgandagi mana bu barcha kechki
ziyofatlarning, va yana bungacha Chikagodagi o‘zini nojo‘ya so‘zlar bilan itarib tashlashga xotinini
majbur etgan barcha oqshomlarning qisman natijasi hisoblanadi. U hech qachon xotiniga tiqilinch
qilmasdi, Edisning esa uning nimalarga qodirligini yaxshiroq bilishi uchun imkoni bo‘lmasdi. Faqat
Virjiniyagina uning jinsiy ishtahasi nechog‘li kuchliligini yoki bu ishtaha lazzati yigit uchun nechog‘li
muhim bo‘lishi mumkinligini namoyish etdi.
Palmer uni uyiga taksida olib borib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Biroq soat millari allaqachon tonggi 6.30 ni
ko‘rsatib turardi, shu bois Bernsning uyidan unga o‘zidan oldinroq chiqib ketishga ruxsat berdi.
Kvartiraning “toza uy”ga aylanganidan 15 daqiqa o‘tib, Palmer yergacha bir qavat yetmay liftdan
chiqdi va yon eshikdan binoni tark etdi. U Ist River shohrohidan burilib ketgan, rulda jahldor
haydovchi o‘tirgan bir taksini tutdi. U Aydluaylddan odam olib kelgan bo‘lib, qaytishida chiqadigan
hech kim yo‘q edi. Butun yo‘l davomida jimjimador betonli uyiga yetguncha Palmer haydovchining
alamli nolishlarini tinglab keldi.
U mashina ko‘zdan yo‘qolguncha kutib turdi-da, uyiga qarab ketdi. Ko‘cha tip-tiniq bo‘lib, havo
sovuq edi. Tong g‘ira-shirasi ko‘zga tashlanib qolgan bo‘lsa-da, osmon qo‘rg‘oshinday og‘ir ko‘rinardi.
Palmer paltosi, shlyapasi va sharfini ilar ekan, ichkarida ham tashqaridagiday kulrang yog‘du
hukmron ekanini his etdi. Atrofidagi hamma narsa go‘yo tosh qotgan. Yoqimsiz g‘ira-shirada
zinapoyaning tabiiy eman rangi qandaydir dag‘al edi. Ikkinchi qavatda botinkasini yechish uchun
Palmer bir zum to‘xtadi va bu hayot nima uchun har doim jurnallardan kulgili suvratlarni ko‘chirib
oladi, deb xayolidan o‘tkazdi.
U katta yotoq bo‘lma yonidagi vannada ustki kiyimlarini yechdi. Avvaliga o‘zini endi turganday qilib
ko‘rsatsammikin degan behuda o‘yni kechirdi ko‘nglida. Agar Edis uxlab yotgan bo‘lsa, bu ish g‘oyatda
qiyin edi. Agar shunday qilish lozim bo‘lsa, avval to‘shakni betartib holga keltirishi, vannaga qaytib
borishi va xotinini uyg‘otish uchun dush suvini sharillab oqizib qo‘yishi kerak bo‘lardi. U yotoq
bo‘lmaga ko‘z soldi. Edis uxlayotgandek edi. Palmerning to‘shagi yoyilib yotardi. Yalang oyoqlari bilan
tovushsiz yurib, u yo‘lakay ichki ko‘ylagini yechgancha xotiniga yaqinlashdi. So‘ng asta ehtiyotkor
harakatlar bilan yostig‘i va choyshabini titib qo‘ydi.
Vannaga qaytib kelib, u trusigini yechdi-da, butun bo‘yi bilan o‘zini oynaga soldi. Oynani bu yerga
o‘rnashtirish Edisdan chiqqandi. Har ikkoviga o‘z vaznlarini kuzatib borishga yordam berib, oyna katta
ahamiyat kasb etishiga Edis amin edi. Hozir oyna Palmerga dahshatli ma’lumotni taqdim etib turardi:
naq kindigi tagida qizil-ko‘kish tish izlari mana men deb turardi Palmer oynaga yaqinroq kelib razm
solib qaradi va shaklidan uning qanday kelib chiqqanini payqash qiyinligini bildi. O’zicha ma’nodor
bosh irg‘ab qo‘ydi-da, dush dastasini buradi va issiq va sovuq o‘rtasidagi chiziqqa keltirib qo‘ydi. Suv
shovqini xonani to‘ldirdi. U dush tagida turib oldi-da, badanini sovunlay boshladi.
Eshikdan uyqusiragan, tumshaygan, deyarli ko‘zga tashlanmaydigan qoshlari o‘rtasida ikkita tik ajin
hosil qilgan Edis paydo bo‘lganda Palmer yuvinib-artinib, hammom xalatini kiyib olgandi.
— Salom, — muloyim ohangda dedi Palmer.
— Hm. Qachon kelding xudo yarlaqab?
Palmer xotinining tiniq qora ko‘zlariga sinchkov tikildi. Surmasiz ular kichik va uniqqandek