www.ziyouz.com kutubxonasi
60
— Bugunmi?
— Ha, bugun, — tasdiqladi Berns. — Bugun kechqurun. Aks holda uchrashuvimiz bir hafta orqaga
suriladi.
— Bilmadim, bora olarmikanman. Men keyinroq xabar qilaman. Qaerga sim qoqay?
— Soat nechada?
— Sakkiz bilan to‘qqiz orasida.
— «Shambor» oteliga.
— Men telefon qilaman, ko‘rishguncha. — Palmer javobini kutib o‘tirmay go‘shakni ildi. U
Bernsdan, o‘zidan va shu ahmoqona arzimas o‘yinda qatnashishga majbur ekanidan juda g‘azabda
edi.
U yana divanga o‘tirdi va qolgan viskini qultumlab icha boshladi. Palmer uzil-kesil shunga ishonch
hosil qildiki, barcha qiyinchiliklar avval-boshdanoq vakolat muammosi tufayli ekan. Berkxardt bankda
unga ikkinchi shaxs darajasini bergan, lekin bu hokimiyatdan qay taxlitda foydalanish vakolatini
belgilamagan edi. Berns buni tushunib, ikkovidan qaysi biri rahbarlik qilishi kerakligini aniqlashtirishga
urinmoqda. Uning doirasidagi erkaklar umr bo‘yi shu o‘yin bilan band edilar. Ular teng vaziyatda bo‘la
turib ham xotirjam bo‘lmasdilar va kim past, kim baland ekanini aniqlashga urinardilar.
Palmer avvallari bu o‘yinda qatnashmasdi — otasi ishining vorisi ekanligi unga ustunlik berardi. Bu
faqat ko‘rinishdangina shunaqa edi. U birdan ertalab Jo Lumis telefon qilganini eslab qoldi. Bu
qo‘ng‘iroq haqida qariyaga aytish kerakmikin?
Qiziq, o‘yladi Palmer, biz, axir, Lumis bilan tanish ham emasmiz. Ehtimol, qachonlardir otamni
ko‘rgandir. Jamg‘arma banklariga qarshi kurash bilan bog‘liq biror muammo Jo Lumisni menga
telefon qilishga majbur qilgandir. Nima bu — yarashish yo‘lini qidirishmi? Ehtiyotkorlikmi? Yo sotib
olishga urinishmi?
— Vudi! — baland ovozda chaqirdi uni Berkxardt.
Palmer cho‘chib tushdi va qariyaga o‘girildi. Berkxardt uning yoniga, divanga kelib o‘tirib
ulgurgandi.
— Xatimni senga berib ulgurishganidan juda xursandman. Men tezda qaytib ketaman. Nima
ichayapsan, jin ursin? Nahotki suv?
— Qariyb shunaqa, — javob berdi Palmer.
— Eski shotland viskisidan olib keling, — dedi u yetib kelgan ofitsiantga. — So‘ng Palmerga
o‘girilib, uning tizzasiga shapatiladi-da: — Xo‘sh, Berns bilan tushlik qanday o‘tdi? — deb so‘radi.
Palmer kuldi:
— Bu tushlikning eng qisqa turi bo‘ldi: ovqatni olib kelishganda, Bernsni qayoqqadir «yarim
soatga» chaqirib qolishdi. Men bir o‘zim ovqatlandim va jo‘navordim.
— Shunday, turding-u, jo‘navordingmi? — dedi Berkxardt g‘azab bilan.
— U so‘raganiday, «yarim soat» kutib turdim.
— Nima, u kelmadimi?
— Kelib, kechirim so‘ramadimi demoqchimisiz? — uning gapini bo‘ldi Palmer. Har holda u o‘zini
aybdor his etdi.
— Men umuman buni nazarda tutganim yo‘q. U o‘zi xafa bo‘lmadimi, shuni bilmoqchiydim. O’zing
bilasan-ku, bu greklarni..
Palmer chuqur ho‘rsindi, g‘azabini zo‘rg‘a jilovladi.
— Birinchidan, u livanlik. Keyin esa, quloq soling, — u sekin, bosiq ovozda boshladi. — Bu
odamning tana terisi «sherman» tankining zirhiga o‘xshaydi. Uncha-munchaga teshib bo‘lmaydi. Hozir
masala ko‘ndalang turibdi: yo siz menga unga o‘zim xohlaganimdek muomala qilish imkonini berasiz,
yoxud bank tomonidan sarflanayotgan kattagina puldan berasiz, toki men o‘z joyimda yoki, aniqrog‘i,
sizning ajoyib xonangizda o‘tiray, axir u bo‘m-bo‘sh turibdi.
— Men senga to‘la ishona...
— Agar shunday bo‘lsa, qani buni isbotlashga bir urinib ko‘ring-chi, — dedi uning so‘zini qo‘pollik