“lug‘aviy ma’no ifodalay olish” mustaqil leksemalar (+)
nomustaqil leksemalar (0)
Noto‘liq ziddiyatda qaysidir bir a’zo 0 (nol) belgisini olishi kerak. Oldingi
ziddiyatda mustaqil leksemalar ushbu belgiga ega edi. Bunda endi nomustaqil
leksemalar olishi kerakka o‘xshaydi. Yo‘q, aslida bunday emas. Chunki
nomustaqil leksema goh lug‘aviy ma’no ifodalash, goh ifodalamaslik xossasiga
ega emas. Ziddiyatning ikkinchi a’zosi (+) belgisiga egami? U (ya’ni mustaqil
leksemalar) h a m i s h a «lug‘aviy ma’no ifodalay olish» belgisiga ega bo‘lib,
boshqa xil vazifada qo‘llana olmaydimi? Yo‘q, u bunday xususiyatga ega emas;
oldingi ziddiyatda ko‘rib o‘tganimizdek, mustaqil leksema “lug‘aviy ma’no
ifodalay olmaslik” belgisiga ega bo‘la oladi, (–) belgisiga ham ega. Demak,
keyingi “ziddiyat”noto‘liq ziddiyat emas. Ziddiyat lisoniy birlikning
mohiyatini, ya’ni substansial tabiatini o‘zida aks ettirmog‘i lozim. Aks holda
“sun’iy” ziddiyat kelib chiqadi.Boshqa ziddiyat kabi noto‘liq ziddiyat ham
obyektiv va bizning xohish-irodamizga bog‘liq emas.
Noto‘liq ziddiyatdagi kuchli a’zoning belgisi aniq, shuning uchun uning
imkoniyati tor, kuchsiz a’zoning belgisi noaniq, shuning uchun imkoniyati
keng ekanligini esda tutish lozim.