O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Yuqumli kasalliklarni o’rganishda har xil fanlarning maqsadi va



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Yuqumli kasalliklarni o’rganishda har xil fanlarning maqsadi va 
tekshirish aspektlari 
 
Fanlar 
 
Tekshirilishi lozim 
bo’lgan belgilar 
 
Yaqin orada 
amalga 
oshiriladigan 
maqsadlari 
Kelajakdagi 
maqsadi 
 
Yuqumli 
kasalliklar 
klinikasi 
Kasal kishida 
kuzatiladigan 
kasallikning ichki va 
tashqi belgilari 
Klinik diagnoz 
qo’yish 
 
Davolash 
 
Epidemiologiya 
 
Yuqumli kasalliklar kelib 
chiqish va tarqalish 
sabablari, infeksiya 
o’chog’idagi shart-
sharoitlar, epidemik 
jarayonning rivojlanish 
belgilari 
Epidemiologik 
diagnoz qo’yish 
 
Kasallikning 
tarqalib 
ketishiga 
qarshi chora-
tadbirlar 
ko’rish 
 
Epidemiologik  diagnoz  qo’yishda  epidemik  jarayonning  ko’pgina  belgilari 
(kasallikning tarqalish tezligi, uning har xil hududlarda, aholining har xil guruhlari 
o’rtasida va  yilning har xil  fasllarida bir me’yorda  tarqalmaganligi),  xuddi  klinik 
diagnoz qo’yishda kasallikning klinik belgilari singari, katta ahamiyatga ega. 
Klinik  tekshiruvda  kasallikning  klinik  alomatlarini  asosan  kasaldan  so’rash 
yo’li  bilan,  kasal  kishini  tekshirib  ko’rish  va  laboratoriya  tekshirish  natijalariga 
asoslanib  aniqlanadi.  Epidemiologik tekshiruv usullari  ham  epidemik  jarayonning 
ob’ektiv va sub’ektiv belgilarini aniqlashga asoslangan. 
Epidemik  jarayonning  asosiy  belgilari,  kasallik  o’chog’idagi  kasallangan  va 


 
22 
sog’lom  kishilarni  savol-javob  qilish  yo’li  bilan,  kasallikka  chalingan  kishilar 
sonini  statistik  tahlil  qilish  natijasida,  epidemik  jarayon  rivojlanayotgan  joyning 
ijtimoiy  va  tabiiy  sharoitlarini  o’rganish  va  laboratoriya  tekshiruv  natijalarini 
kuzatish  asosida  aniqlanadi.  Yuqorida  ko’rsatilgan  tekshiruv  natijalarini 
epidemiolog  guruhlarga  bo’lib  o’rganish,  ularni  o’zaro  taqqoslash  va 
umumlashtirish  natijasida  epidemik  jarayonning  rivojlanishi  haqida  ma’lum 
xulosaga keladi. 
Epidemiologik tekshiruvning keyingi bosqichi  - epidemiologik hodisalarning 
kelib chiqish sababi va oqibatlari orasidagi bog’liqlikni aniqlashdir. Epidemiologik 
hodisalarning  sababi  va  oqibatlari  o’rtasidagi  bog’liqlikni  aniqlash  ijodiy  ish 
bo’lib,  buning  natijasi  epidemiolog  vrachning  tajribasiga,  bilimiga,  zehni 
o’tkirligiga, mulohaza yuritish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. 
Epidemiologik hodisalarning kelib chiqishidaga sababiy bog’lanishlarni, Shu 
sabablar  tufayli  kelib  chiqadigan  oqibatlarni  aniqlash  uchun  bir  nechta  usullar 
mavjud. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin