169
maqsadida har bir transfuziyadan keyingi gepatit jiddiy epidemiologik
tekshiruvdan o’tkaziladi.
Transfuziyadan keyingi gepatit hollarida muvaffaqqiyatli epidemiologik
tekshiruvni amalga oshirish uchun barcha davolash-profilaktika muassasalarida
quyidagilar yo’lga qo’yilishi zarur:
- har bir quyilayotgan qon (uning mahsulotlari) qayd etib borilishi uchun
maxsus jurnal yuritilishi va unda qonning barcha rekvizitlari, tayyorlagan
muassasa, tayyorlangan kun, donorning ismi-sharifi, retsipientning ismi-sharifi,
kasallik tarixi tartib raqami va transfuziya
kuni aks ettirilishi;
- retsipientning kasallik tarixida har bir transfuziya
alohida qayd etilishi;
- qon haqidagi hujjat (idishdagi etiketga), undagi axborotni to’liq saqlash
maqsadida, kasallik tarixiga elimlanishi;
- davolovchi vrachlar virusli gepatitga chalingan bemorlardan batafsil
epidemiologik anamnez yig’ishlari, jumladan, transfuziyalar o’tkazilganligini
aniqlab kasallik tarixiga
qayd etishlari;
-
HBsAg "tashuvchiliga" aniqlangan yoki infeksiya manbai sifatida gumon
qilinayotgan barcha donorlar qon quyish muassasalari va sanitariya-
epidemiologiya nazorati markazlarida hisobga
olinishi;
- gumon qilinayotgan donorning shu paytgacha topshirgan qonlari, ularning
barcha retsipientlari, ular orasida transfuziyadan keyingi gepatitga chalinganlar
bor-yo’qligi aniqlanishi.
Homilador ayollar homiladorlikning 8-10 va 30-32 haftalarida
HBsAg
mavjudligiga tekshiriladi. Ayolni tug’ruqxonaga yuborishda yo’llanmasiga
(almashinuv kartasiga)
HVsAg ga
tekshirilgan vaqti, uning natijalari qayd etiladi.
O’tkir B gepatitga chalingan homiladorlar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga,
surunkali B gepatitga chalingan bemorlar va
HBsAg "tashuvchilari" esa, doyalik
yordami ko’rsatilishi uchun maxsus bo’limiga (palatasiga) yotqizilib, tegishli
epidemiyaga qarshi tadbirlar amalga oshirishlari darkor.
Xatarli guruhlarga mansub kontingentlarda infeksiya yuqqanligini o’z vaqtida
aniqlash maqsadida, tegishli tibbiyot xodimlari ishga joylashishi oldidan va yiliga
1 marta; uzoq davolanuvchi bemorlar (onkologiya, gemotologik, psixonevrologik,
sil va boshqalar) va gemodializ, torakal jarrohlik bemorlari shifoxonada bo’lish
davomida kvartalda 1 marta; narkologik, teri-tanosil dispanserlari kontingentlari
hisobga olinganida va yiliga 1 marta; bolalarning yopiq muassasalari
tarbiyalanuvchilari qabul qilish oldidan
HBsAg mavjudligiga tekshirilib boriladi.
O’tkir B gepatiti bilan hisobga olingan kishilarning ambulatoriya kartalari
qizil uchburchak, surunkali B gepatiti va
HBsAg "tashuvchilarning" tibbiy
hujjatlari (ambulatoriya kartasi, almashinuv kartasi va hokazolar) qizil kvadrat
bilan markirovka qilinadi.
B gepatitiga nisbatan o’tkaziladigan profilaktik tadbirlar o’rtasida
qo’zg’atuvchining tabiiy va sun’iy yuqish yo’llarini bartaraf etishga qaratilgan
tadbirlar alohida ahamiyatga egadir.
Tabiiy yuqish yo’llarini bartaraf etish sanitariya-gigiyenik tadbirlari va
sog’lom turmush tarzini qaror toptirish natijasida ta’minlanishi mumkin. Shaxsiy
171
Laboratoriyaga qonni yuborishda yo’llanmani probirka ichiga joylashtirish
qatiyan taqiqlanadi. Uni probirka sirtiga elimlash shart.
Shuningdek, kosmetik kabinetlar, sartaroshxonalar asbob-anjomlari (ustara,
manikyur to’plamlari va hokazolar) ham sifatli tarzda zararsizlantirilishi talab
qilinadi.
B gepatitga nisbatan maxsus profilaktika - ommaviy vaksinatsiyaning yo’lga
qo’yilishi epidemik jarayon jadalligiga ta’sir etuvchi jiddiy omil bo’lib xizmat
qiladi. Vaksinaning asosi bo’lib
HBsAg xizmat qiladi, chunki bu antigenga qarshi
antitelolar protektiv xususiyatga egadir.
HBsAg virus tashuvchi donorlar
plazmasidan yoki gen injenerlik usulida olinishi mumkin. Hozirgi vaqtda, asosan,
HBsAg olish uchun rekombinant achitqi shtammlari va sut emizuvchilar
xujayralaridan foydalaniladi. Rekombinant vaksinalar o’z tarkibida viruslarni
saqlamaydi. Ular tozalangan antigenni alyuminiy gidrookisda shimdirilib va
timerosalga konservaciya qilinib tayyorlanadi. Vaksinatsiya samaradorligi 95-
100% deb baholanadi. Hattoki,chaqaloqlarga tug’ilgan zaxotiyoq vaksinatsiya
qilinganida ham yuqori immunogenlik va samaradorlik kuzatiladi. Ushbu
vaksinaning onadan olingan antitelolalar, B gepatitga qarshi immunoglobulin
tarkibidagi antitelolar va bolalarga hayotining dastlabki oylarida odatda
qo’llaniladigan boshqa vaksinalar bilan interferensiyasi kuzatilmaydi. Shu
xususiyatlari tufayli vaksina bolalarni rejali emlash universal taqvimiga kiritishga
yaroqlidir. Amaldagi emlash taqvimiga ko’ra respublikamizda B gepatitiga qarshi
vaksinatsiya bolaning tug’ilishi bilan (1 sutkada), 2 va 6 oyliklarida o’tkaziladi.
Xatarli guruhlarga mansub kishilar ham, avvalo tibbiyot xodimlari va tibbiyot
bilim yurtlari talabalari B gepatitga qarshi emlanishi shart. Katta yoshdagilarga
ham emlash 3 marta o’tkazilib, birinchi va ikkinchi emlash orasidagi muddat 1
oyni, ikkinchi va uchinchi emlash orasidagi muddat esa
- 6 oyni tashkil etadi.
Vaksinani katta kishilar va katta yoshli bolalar deltasimon mushagi orasiga,
chaqaloqlar va kichik yoshli bolalarga esa sonning oldingi lateral qismiga yuborish
zarur. Deltasimon mushakka yuborish uchun 25-37,5 mm uzunlikdagi, songa
yuborish uchun 20-25 mm uzunlikdagi igna ishlatiladi. Vaksinani teri orasiga
yuborish tavsiya qilinmaydi. B gepatitga qarshi vaksina ±2°Cdan ±8°C gacha
haroratda saqlanishi zarur. Muzlatish mumkin emas, chunki bu vaksinaning
samaradorligini pasaytiradi.
Dostları ilə paylaş: