O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Tibbiyotda qo’llanuvchi buyumlarga sterilizatsiyadan oldingi ishlov



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Tibbiyotda qo’llanuvchi buyumlarga sterilizatsiyadan oldingi ishlov 
berish 
Bunday  ishlov  berishga  sabab,  buyumlar  yuzasidagi  oqsil,  yog’  va  boshqa 
moddalarni 
yo’qotishdir. 
Sterilizatsiya 
oldi 
ishlovi 
qo’lda 
yoki 
mexanizatsiyalashgan  usulda  olib  boriladi.  Qo’lda  ishlov  berish  quyidagi  tartibda 
amalga oshiriladi: a) oqib turgan suv ostida 0,5 daqiqa davomida chayish, yuvish; 
b)  anjomlarni  50°S  haroratli  yuvuvchi  eritmada  15  daqiqa  bo’ktirib  qo’yish, 
mexanik tozalash. Yuvish vositalari sifatida "Biolat" preparatining 0,5%li eritmasi 
yoki  "Progress",  "Astra",  "Lotos"  yuvish  vositalarining  0,5%  eritmasi  bilan  0,5% 
vodorod  peroksidi  aralashmasi  qo’llaniladi.  0,5%  pergidrol  eritmasini  tayyorlash 
uchun  975  ml  suvga  20  g.  standart  (27,5-33%)  pergidrol  eritmasi  solinadi. 
Ekspozitsiya  muddati  tugagach  tibbiy  anjomlar  qaytadan  ishqor  qoldig’idan 
tozalash  uchun  oqar  suvda  chayiladi.  "Biolat"  preparati  qo’llanilganda  yuvish  3 
daqiqa, "Progress", "Novost", "Lotos" 5 daqiqa, 'Astra" preparatida esa 10 daqiqa 
davom ettiriladi; v) oqar suvdan so’ngra distillangan suvda 0,5-1 daqiqa davomida 
chayish,  yuvish,  bo’ktirish;  g)  80-85"S  haroratli  issiq  havoli  sterizatorlarda 
quritish. 
Mexanizatsiyalashgan  usulda  ninalar,  shprislar,  asbob-uskunalar  uchun 
mo’ljallangan  mashinalarda  sterilizatsiya  tartibiga  asosan  olib  boriladi.  Yuvuvchi 
eritma  rangi  o’zgarmasa  1  sutka  davomida  uni  qayta  qizdirib,  6  martagacha 
foydalanish mumkin. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin