tomondan qoplaydi. U osteoblast hujayralarini ushlovchi biriktiruvchi tóqimadan
tuzilgan bólib, uning kollagen tolalari suyak kómigining stroma tuzilmalariga ótib
ketadi. Suyak tóqimasi mezenximadan ikki usulda: tóg’ridan- tóg’ri mezenximadan
(kalla suyagi) yoki mezenximadan hosil bólishi mumkin (bu usul bilan naysimon
suyaklar rivojlanadi).
Ishdan maqsad. Naysimon suyakning tuzilishini órganish.
Zarur jihozlar: Naysimon suyakning diafiz
va epifiz qismlari, kóndalang va
bóylama kesimi tasvirlangan tablitsalar, doimiy mikroskopik preparatlar, atlas.
Ishni bajarish tartibi.
1-tajriba. Naysimon suyakning kóndalang kesimi. Suyak хuddi tog’ay
singari sirtdan biriktiruvchi tóqima parda-periost bilan qoplangan. Naysimon
suyaklarning ichi kovak bólib, unda ilik joylashadi.
Suyakning mana shu ilikka
qaragan ichki yuzasi ham biriktiruvchi tóqima parda bilan qoplangan bólib, u
endost nomi bilan yuritiladi. Kichik obьektiv ostida qaralganda suyakning ózida
dastlab Gavers kanallari deb ataluvchi naychalarning turli kesmalari kózga
tashlanadi. Preparatda bu kanalchalar devorini
hosil qiluvchi kontsentrik
plastinkalar, kanalchalar bilan birgalikda osteon ni tashkil etadi. Osteonlar
muayyan tartibda joylashib, suyakning asosiy massasini tashkil etadi. Osteonlardan
tashqari, ular orasida joylashgan oraliq suyak plastinkalari
hamda suyakni endost
va periost tomondan órab turuvchi umumiy suyak plastinkalari farq qilinadi.
Umumiy suyak plastinkalari bir qancha qatlam suyak plastinkalaridan iborat,
ularga nisbatan kóndalang joylashgan qoramtir tolalar kórinadi. Bular suyak ustki
pardasidan suyak ichiga kiruvchi kollagen tolalar tutumlari-Sharpey tolalaridir.
Suyak plastinkalari orasida qator tizilib yotuvchi suyak hujayralari joylashadi.
Preparatda bu hujayralarning órni kórinadi хolos, chunki suyak shlifini tayyorlash
jarayonida suyak hujayralari emiriladi. Preparatda suyak
hujayralarining bir-biri
bilan tutashib ketgan sertarmoq ósimtalari kórinadi.