5. Tolalai tog’ay qanday tuzilishga ega?
17-mashg'ulot. Mavzu: Suyak tóqimasi.
Nazariy tushuncha. Suyak tóqimasi mezenximadan taraqqiy etadi va hujay-
ralararo moddasi ohaklangan biriktiruvchi tóqimaning bir shakli hisoblanadi. Hu-
jayralararo modda tola va anorganik tuzlar tutgan asosiy moddadan iborat. Birik-
tiruvchi tóqimaning kollagen tolalari tipidagi suyak
tolasi ossein tola deb
nomlanadi. Tola va ular orasidagi asosiy modda murakkab birikma hosil qiluvchi
kalsiy, fosfor, magniy va boshqa tuzlar bilan tóydirilgan. Hujayralararo
moddada
nozik suyak kanalchalari bilan tutashgan suyak bóshliqlari mavjud. Shu
bóshliqlarda mitoz qobiliyatini yóqotgan organellalari kam, ósimtali
hujayra-
osteositlar joylashadi. Osteositlar ósimtali oraliq moddaga va hujayralarga oziq
moddalarni ótkazishda katta ahamiyatga ega bólgan suyak kanalchalariga
tarmoqlanadi.
Kanalchalar suyak ichidan ótuvchi va qon tomirlar
tutgan suyak kanallari
bilan tutashadi. Bu naylar osteositlar va qon órtasidagi modda almashinuvini
taminlovchi yól hisoblanadi. Suyak hujayrasining boshqa shakli-osteoklast kóp
yadroli yirik hujayradir. Ularning sitoplazmasida kóp miqdorda lizosomalar
uchraydi. Bu hujayralar emirilayotgan suyak yoki tog’ay
mikrozonasi tomon
yónalgan mikrovarkinkalar hosil qiladi. Suyak tóqimasi skeletini tiklab, tayanch
vazifasini bajaradi. Skelet materiali suyakning organik va anorganik komponentlari
birga qóshilgandagina pishiq bóladi (organik moddadalarning bólmasligi suyakni
mórt qilib qóysa, anorganik moddalar yóqolganda suyak yumshoq bólib qoladi).
Suyaklar modda almashinuvida
ham ishtirok etadi, zeroki, ular kalsiy, fosfor va
boshqa moddalarning makoni hisoblanadi. Suyak tóqimasi óz
zichligi va pishiq-
ligiga qaramay, muntazam ravishda óz tarkibidagi moddalarni almashtirib turadi,
ichki tuzilmasini, hatto tashqi kórinishini ham ózgartiradi.