Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya


-tajriba. Tolali tog’ay (umurtqalararo tog’ay diskidan tayyorlangan)



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/48
tarix24.05.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#116137
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48
Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya

3-tajriba. Tolali tog’ay (umurtqalararo tog’ay diskidan tayyorlangan). 
Tolali tog’ay biriktiruvchi tóqimaning tog’ayga ótish joylarida bólishi sababli 
uning bir tomoni biriktiruvchi tóqimaga (payga), ikkinchi tomoni gialin tog’ayga 
óхshaydi. Preparatda hujayralararo moddada kollagen tolalarning yóg’on, uzun 
tutamlarining zich yonma-yon yotishi yaхshi kórinadi. Tolalar orasida yakka-yakka 
tog’ay hujayralari qator tizilishib yotadi. Gialin tog’ayga yaqin joylarda esa 2-4 ta 
tog’ay hujayralari yig’ilib izogen gruppalar hosil qiladi. 
31-rasm. Katta boldir suyagiga pay tutashadigan joydagi tolador tog’ay: 
1-pay hujayralari; 2-tog’ay hujayralari. 
Topshiriqlar. Mikroskopda órganilgan preparatlar rasmini albomga chizish, 
ularni izohlash va ma’lum kónikmaga ega bólish. 
Nazorat uchun savollar: 
1. Gialin tog’ay preparatidagi hujayralar tuzilishini tariflang. 
2. Tog’ayning qaysi qatlamida izogen gruppalar hosil bólganini kóramiz? 
3. Elastik tog’ayda elastik tolalarning joylashishi. 
4. Tog’ay ustki pardasi qaysi tóqimadan iboratligini aniqlang. 


5. Tolalai tog’ay qanday tuzilishga ega? 
17-mashg'ulot. Mavzu: Suyak tóqimasi. 
Nazariy tushuncha. Suyak tóqimasi mezenximadan taraqqiy etadi va hujay-
ralararo moddasi ohaklangan biriktiruvchi tóqimaning bir shakli hisoblanadi. Hu-
jayralararo modda tola va anorganik tuzlar tutgan asosiy moddadan iborat. Birik-
tiruvchi tóqimaning kollagen tolalari tipidagi suyak tolasi ossein tola deb 
nomlanadi. Tola va ular orasidagi asosiy modda murakkab birikma hosil qiluvchi 
kalsiy, fosfor, magniy va boshqa tuzlar bilan tóydirilgan. Hujayralararo 
moddada 
nozik suyak kanalchalari bilan tutashgan suyak bóshliqlari mavjud. Shu 
bóshliqlarda mitoz qobiliyatini yóqotgan organellalari kam, ósimtali hujayra-
osteositlar joylashadi. Osteositlar ósimtali oraliq moddaga va hujayralarga oziq 
moddalarni ótkazishda katta ahamiyatga ega bólgan suyak kanalchalariga 
tarmoqlanadi.
Kanalchalar suyak ichidan ótuvchi va qon tomirlar tutgan suyak kanallari 
bilan tutashadi. Bu naylar osteositlar va qon órtasidagi modda almashinuvini 
taminlovchi yól hisoblanadi. Suyak hujayrasining boshqa shakli-osteoklast kóp 
yadroli yirik hujayradir. Ularning sitoplazmasida kóp miqdorda lizosomalar 
uchraydi. Bu hujayralar emirilayotgan suyak yoki tog’ay mikrozonasi tomon 
yónalgan mikrovarkinkalar hosil qiladi. Suyak tóqimasi skeletini tiklab, tayanch 
vazifasini bajaradi. Skelet materiali suyakning organik va anorganik komponentlari 
birga qóshilgandagina pishiq bóladi (organik moddadalarning bólmasligi suyakni 
mórt qilib qóysa, anorganik moddalar yóqolganda suyak yumshoq bólib qoladi). 
Suyaklar modda almashinuvida ham ishtirok etadi, zeroki, ular kalsiy, fosfor va 
boshqa moddalarning makoni hisoblanadi. Suyak tóqimasi óz zichligi va pishiq-
ligiga qaramay, muntazam ravishda óz tarkibidagi moddalarni almashtirib turadi, 
ichki tuzilmasini, hatto tashqi kórinishini ham ózgartiradi. 



Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin