Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya


-rasm. Silliq mushak (A) oshqozon devorida, (B) tolasining ko’rinishi



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/48
tarix24.05.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#116137
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya

39-rasm. Silliq mushak (A) oshqozon devorida, (B) tolasining ko’rinishi 
Silliq muskul hujayra sitoplazmasida kalsiy ionini saqlovchi mayda 
pufakchalar bólib, хuddi kóndalang targ’il muskuldagi singari, ular qisqarishni 
ta’minlashda muhim omildir. 
Har bir muskul hujayrasi atrofida biriktiruvchi tóqima tolalari tór hosil qilib 
joylashadi. Muskul hujayralarining grupalari yoki muayyan qavatlari biriktiruvchi 
tóqima qatlamlari bilan óraladi. Ana shu biriktiruvchi tóqima sarkolemma bilan 
birga silliq muskul tóqimasining tayanchapparatini hosil qiladi. Ba’zi ichki 
organlarning (tomirlarning) biriktiruvchi tóqima qatlamlarida elastik elementlar 
kóp. Bular organ devorining egiluvchanligini ta’minlaydi. Silliq muskul tóqimasi 
yaхshi taraqqiy etgan qon tomirlar tizimiga ega. Silliq muskul tóqimasi 
mezenximadan rivojlanadi. 
 


40-rasm. Silliq muskul qavatining tuzilish sxemasi: 1-muskul to’qima hujayrasi; 2-o’zak; 
3-miofilamentlar; 4-sarkolemma; 5-endomiziy; 6-nerv; 7-qon kapillyari. 
Tuzilishi va bajarayotgan vazifasiga kóra yurak muskuli farq qiladi. Yurak 
muskuli kóndalang targ’il muskul bólib, skelet muskullaridan muskul tolalari 
orasida anastomozlar bólishi bilan farqlanadi. Yorug’lik mikroskopida kórilganda 
kiritma plastinkalar ikki hujayra orasidagi chegararani aniqlab beradi. 
Plastinkalarda hujayralar miofibrillalari tugallanadi, ya’ni bir hujayraning 
miofibrillasi qóshni hujayraga ótmaydi. Har bir muskul hujayrasi sarkolemma, 
markazda joylashgan yadro va miofibrillalar tutgan sarkoplazmaga ega. 
Miofibrillalar хuddi skelet muskulidagi kóndalang chiziqli faktorlar bilan 
ta’minlangan. Miofibrillalar siyrak joylashgan va muskul tolasining chekka 
qismiga yotadi. Muskulning bunday tuzilishi yurakning tóla va kuchli qisqarishiga 
imkon beradi. Sarkoplazmada sitoplazmatik tór rivojlangan. Sarkoplazmaning 
ancha qismini sarkosommalar (mitoхondriylar) egallaydi. Ular fermentlarga boy. 
Yurakning uzluksiz ishlashi sarkosomalarning kóp miqdorda bólishiga bog’liq. 
Muskul tolalari ózida qon kapillyarlari tutgan biriktiruvchi tóqima bilan óralgan. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin