Preparatni kichik obektiv bilan kuzatganda yumshoq biriktiruvchi tóqima
tolalari
orasida yakka yoki dasta-dasta bólib yotgan silliq mushak hujayralari kózga
tashlanadi. Mushak hujayrasi chóziq, duksimon; uning bir muncha yóg’on órta
qismida tayoqchasimon yadrosi yotadi. Hujayra sitoplazmasi
eozin bilan pushti
rangga bóyalib, undagi maхsus organellalar-miofibrillalar yaхshi kórinmaydi.
Silliq mushak hujayralari ba’zan tarmoqlangan bólishi ham mumkin.
2-tajriba. Silliq muskul tóqimasi (ingichka ichakdan tayyorlangan).
Mikroskopning kichik obektivi bilan ichak devorining mushak qavatini topib, katta
obьektiv ostida kuzatsak uzunasiga va kóndalangiga yónalgan
ikki хil mushak
qavatini kóramiz. Bu qavatlar bir-biriga nisbatan perpendikulyar yunalishda
bólganligi
uchun ularning biri buylama, ikkinchisi kóndalang kesilgan holda
kórinadi. Qavatlarning har biri parallel zich yotgan silliq
mushak hujayralaridan
iborat. Bular qatlamlar hosil qilib yotadi. Hujayralar bir-biriga nisbatan shunday
joylashadiki,
ularning ingichka, uch tomoni qóshni hujayraning órta qismiga
yopishadi. Har bir mushak hujayrasini sirtdan yumshoq biriktiruvchi tóqima
tolalari órab yotadi.Silliq mushakning kóndalang kesilgan qavatida hujayralarning
tutamlar va qatlamlar holida yotishi yaхshi kórinadi.
Silliq mushak hujayralari
kóndalang kesimida yumaloq yoki kóp qirrali shaklda bólib, ularning yadrosi
hujayra markazida yotadi.
Topshiriqlar: Mikroskop ostida preparatda kórib órganilgan tóqimalar
tuzilishini alьbomga chizib olish.
Dostları ilə paylaş: