Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/48
tarix24.05.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#116137
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya

Ishdan maqsad. Nerv hujayrasi tanasidagi kiritmalar-neyrofibrillalar va 
tigroid moddasining tuzilishini órganish. 
Zarur 
jihozlar: 
nerv 
hujayralari 
tasvirlangan 
tablisa, 
doimiy 
mikropreparatlar, mikroskop, slaydlar, albom. 
Ishni borish tartibi: 
1-tajriba. Tigroid moddaning tuzilishi (orqa miyadan tayyorlangan). 
Orqa miyaning oldingi shoхlarida harakatlantiruvchi neyronlar yotadi. Ammo 
ayrim hujayralarning ósimtalari tayyorlash davrida kesilib qolgan bólib preparatda 
kórinmaydi. Neyroplpzmada binafsha rangli kattaligi har хil bólgan oqsil yoki 
tigroid modda donachalarini kóramiz.


42-rasm. Neyron tuzilishi 
Preparatga mikroskopning katta obektivi ostida qaralganda nerv 
hujayralarining yadrolari och kók pufaksimon bólib, yadrochasi tóq binafsha 
rangda kórinadi. Ayrim hujayralarda yadro aniq kórinmaydi. Kesma yadroning 
markazidan 
ótgandagina 
uni 
aniq 
kórish 
mumkin. 
Hujayralarning 
neyroplpazmasida esa alohida-alohida joylashgan binafsha rangli har хil 
kattalikdagi donachalarni kóramiz. Bular oqsil kiritmasidir. Oqsil kiritma nerq 
hujayralarida tigroid modda deb yuritiladi. 
2-tajriba. Neyrofibrillalar (orqa miyadan tayyorlangan). Kichik obektiv 
ostida orqa miyaning kulrang moddasi topiladi. Bu erda kóp tarmoqli, pufaksimon 
yadroga ega nerv hujayralarini kórish mumkin. Bu hujayralarning neyro-
plazmasida neyrofibrillalar turlicha holatda joylashganligi kórinadi. Neyronlar 
tanasida nozik tór hosil qiluvchi qora yoki jigar rangga bóyalgan neyrofibrillalar 
yotadi. Neyron tarmoqlaridagi neyrofibrillalar bir-biriga paralel holatda yónalgan 
bólib, ular uzun va katla ósimtalarni hosil qilib turadi. 
Topshiriqlar: nerv hujayrasining sitoplazmasidagi neyrofibrillalar rasmini 
albomga chizish, ularni ó’rganish va ma’lum kónikmaga ega bólish. 



Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin