37-rasm. Suyak tuzilishi
Topshiriqlar: Tablitsa va atlasdan foydalanib naysimon suyakning buylama
va kóndalang kesmasi rasmini chizish.
Nazorat uchun savollar:
1. Gavers kanallari qanday tuzilishga ega?
2. Kollagen tolalar tutumlari-Sharpey tolalarining joylashishi va tuzilishi.
3. Endost pardasi suyakning qaysi qismida joylashgan va funktsiyasi?
4. Naysimon suyakning bóylama kesimida suyakning qaysi tarkibiy qismlarini
kórish mumkin?
19-mashg'ulot. Mavzu: Kóndalang-targ’il muskul tóqimasi.
Nazariy tushuncha. Muskul tóqimasi organizmning harakat jarayonlarini
amalga oshiruvchi tóqimadir. Bajaradigan vazifasining хususiyatiga kóra
muskul
tóqimasi turlicha kórinishga ega. Odam organizmida sillik, kóndalang targ’il va
yurak muskullari farq qilinadi. Silliq muskul hujayraviy tuzilishga ega bólib,
kópchilik ichki organlar devorining muskul qatlamini hosil qiladi. Kóndalang
targ’il muskul muskul tolalaridan tuzilib, skelet muskullari va boshqa muskullarni
tashkil etadi.