bóyalgan mezenxima hujayralari órab yotadi. Katta obьektiv yordamida ana shu
yangi hosil bólayotgan suyak tósinlari tuzilishini kóramiz. Suyak tósinlari oksifil
bóyalib ularning
periferik qismida ensiz, och bóyalgan zonasi ajralib turadi. Bu
hali kalьtsiy tuzlari tóplanmagan suyak oldi moddadan iborat bóladi. Suyak
tósinlari chetlarida osteoblast hujayralar bir qator bólib yotadi. Osteoblastlar past
bóyli
prizmatik, kópincha esa shakli notóg’ri hujayralar bólib, suyak moddasini
hosil qiladi. Suyak moddasi hosil bólishi davomida osteoblastlar ana shu yangi
hosil bólayotgan suyak moddasida kómilib qoladi va asta-sekin suyak hujayralari-
osteotsitlarga aylanadi. Shu sababli preparatdi suyak tósinlari
ichida ushbu
hujayralar kórinadi.
Suyak moddasi yangi suyak hosil bólishi bilan ayni bir vaqtda qisman
emirilib ham turadi. Suyak moddasini osteoklast deb ataluvchi hujayralar emi-radi.
Osteoklastlar kam uchraydi ular juda ham katta bólib, tarkibida kóplab yadro
tutadi. Osteoklastlar ham suyak tósinlariga yopishib yotadi. Ular suyak moddasini
emirishi tufayli bu joylarda lakunalar hosil bóladi.Suyak tósinlari mezenxima bilan
óralgan. Mezenxima ichida kópgina qon tomirlar joylashgan.
Dostları ilə paylaş: