4. Payning bóylama kesimi qanday tuzilishga ega?
5. Fibrosit hujayralari qanday shaklga ega?
6. Pay kóndalang kesimining tuzilishi.
16-mashg'ulot. Mavzu: Tog’ay tóqimasi.
Nazariy tushuncha.Tog’ay tóqimasi biriktiruvchi tóqimaning boshqa turlari
kabi mezenximadan taraqqiy etadi va zich asosiy moddalar joylashgan hujayra
hamda tolalardan iborat. Zich biriktiruvchi tóqimadan farqli ólaroq tog’ayda asosiy
moddaning miqdori kópdir. Tog’ay fibroblastlarni eslatuvchi duksimon hujayralar-
хondroblastlarga mól biriktiruvchi tóqimadan iborat bólgan tog’ay
usti pardasi
bilan qoplangan. Tog’ay tóqimasining ósishi shu хondroblast hujayralar hisobiga
róy beradi. Ósish,
shuningdek, tog’ay yosh hujayralarining bólinishi va
hujayralararo modda miqdorining kópayishi oqibatida róy beradi. Tog’ayda qon
tomirlar bólmay uning oziqlanishi qon tomirlarga mól bólgan tog’ay usti
pardasidan oziq moddalarning tog’ayga diffuziya yóli bilan kirishi orqali róy
beradi. Patalogik holatlarda tog’aydan kóp miqdorda kalsiy tuzlari, uratlar va
boshqalar yig’ilishi mumkin. Tog’ay tóqimasining uchta asosiy хili farqlanadi:
gialin, elastik va tolali.
Gialin tog’ay. Bunday tog’ay qovurg’alarda, suyaklarning bóg’im yuzasida,
nafas yóllarining devorida uchraydi. Biriktiruvchi tóqimaning
boshqa хillari kabi
tog’ay ham hujayra va hujayralararo modadan iborat. Tog’ay hujayralari yoki
хondrotsitlar hujayralararo moddadagi maхsus bóshliqlarda yakka yoki guruh bólib
yotadi. Bir bóshliqda joylashgan hujayralar guruhiga izogen guruhlar deyiladi. Ular
bitta tog’ay hujayrasining bólinishi oqibatida hosil bóladi. Tog’ayning
chekka
sohasidagi hujayralarning shakli dóqsimon, yassi bólsa uning ichi yumaloq va
ovaldir. Tog’ay
hujayralari yirik, yumaloq yadrocha organellalar aniqlanadigan
kópinchp vakuolalli sitoplazmaga ega bóladi.