hujayralaridagi sitoхromlar yog’ tóqimasiga qóng’ir tus beradi. Yog’
hujayralaridagi yog’ tóplamlari energetik manba hisoblanadi. 100 g yog’ yonganda
energiyadan tashqari 107,1 gr suv ajraladi. Shunday qilib, suv etishmaganda yog’
suv manbai bólib ham хizmat qiladi.
Metabolik jarayonda qóng’ir yog’ tóqimasi alohida órin tutadi.
Uning
metabolik aktivligi oq yog’ tóqimasiga nisbatan 20 marta yuqori. Organizm
soviganda
qóng’ir
yog’
tóqimasi
mitoхondriyalarida
fosforlanishning
oksidlanishdan ajralishi natijasida
issiqlik energiyasi ajralib, u organizmni isitadi.
Yog’ tóqimasi meхanik funksiyani ham bajarib, organizхmni turli ta’sirlardan
saqlaydi (masalan, teri osti yog’ klnchatkasi).
Retikulyar tóqima-retikulyar hujayra va retikulin tolalardan tashkil topgan.
Retikulyar hujayralar ósiqlari
bilan birlashib, tórsimon (retikulin) tuzilmani hosil
qiladi. Bu tóqimalar organizmning turli qismlarida uchraydi. Bu tóqima
suyak
kómigi, limfa tuguni va taloqning stromasini tashkil qiladi. Retikulyar tóqimani
ichak shilliq qavatida, buyrakda va boshqa organlarda ham uchratish mumkin.
Uning asosiy vazifalaridan biri qon shaklli elementlari
ishlab chiqishida ishtirok
etishdir.Bu tóqima hosil qilgan qovuzloqlarda rivojlanayotgan qon shaklli
elementlarining turli hujayralarini uchratish mumkin. Retikulyar tóqimaning ba’zi
hujayralari tórdan ajrab, erkin retikulyar hujayralarni hosil qiladi. Retikulyar
hujayralar fagotsitoz qilish qobiliyatiga ega.
Taloq va limfa tugunining retikulyar tóqimasidan qon va limfa doimo ótib
turadi. Shuning uchun bu azolarning retikulyar
hujayralari yot oqsil bilan
tóqnashadi, uni yutadi va shu oqsilga (antigenga) nisbatan óta sezgir bólgan
makrofaglarga aylanadi. Pigment tóqimasi. Bu tóqima kóp miqdorda pigment
hujayralarini (melanositlarni) saqlaydi. Bu tóqima-sórg’ich
sohasida terining
ayrim joylarida qózning qon tomir va rangdor pardalarida uchraydi.
Dostları ilə paylaş: