qiladi? 6. Eritrotsitlar nima uchun ―tut mevasi‖ shaklini oladi?
13-mashg'ulot. Mavzu: Limfa tóqimasi.
Nazariy tushuncha. Umurtqali hayvonlar organizmida qon tomirlar tizimidan
tashqari limfatik tomirlar mavjud. Bu nozik tomirlar ichidan sarg’imtir rangda
oqsil tabiatiga ega bólgan va óz tarkibida shaklli elementlarni saqlagan suyuqlik-
limfa oqadi. Limfa limfoplazmadan va shaklli elementlardan iborat. kimyoviy
tuzilishi jihatidan oqsil fraksiyalaridan albumin limfoplpzmada globulindan
birmuncha kópdir. Oqsildan tashqari
limfoplazmada fermentlar, neytral yog’lar,
oddiy karbonsuv, erigan mineral tuzlar va mikroelementlar bóladi.
Shaklli elementlar asosan limfositlar, monositlardan tashkil topgan. Bundan
tashqari leykositlarning boshqa turlari, bir oz miqdorda eritrositlar ham uchraydi.
Qon kapillyarlari va tóqima hujayralari oralig’idagi biriktiruvchi tóqima qatlam-
larida tóqima suyuqligi bilan tólgan hujayralararo tirqishlar mavjud. Suyuqlik qon
ózanidan tóqimalarga, tóqima suyuqligi esa qon ózaniga ótishi mumkin. Bu su-
yuqlikning harakati qon va tóqima suyuqligi osmotik
bosimining farqiga hamda
kapillyarlardagi gidrostatik bosimga bog’liq. Tóqima suyuqligi limfa kapillyariga
ótadi, sóngra limfa yóllari orqali limfa tugunlariga yónaladi. Limfa tugunlarida
suyuqlik limfositlar va monositlar bilan boyiydi.
Keyinchalik limfa tomirlari
kókrak limfa yóliga, undan esa limfa vena qoniga quyiladi. Limfa donasiz
leykositlar, asosan, limfositlar tutgan tóqima suyuqligidan iborat. Kimyoviy
tarkibiga kóra, u qon plazmasiga yaqin, lekin unda oqsil tanachalarining miqdori
kamroq.
Limfa tarkibi organizm holatiga qarab ózgarib turadi.
Periferik limfa
tomirlari bir uchi berk naychani eslatadi. Uning ichidagi limfa suyuqligi
limfoplazmadan tashkil topgan bólib, qon shaklli elementlari kórinmaydi. Limfa
suyuqligi limfa tugunlaridan ótish jarayonida limfositlarga boyiydi. Markaziy limfa
tomirlaridagi limfa suyuqligi qon shaklli elementlarini kóp tutadi. 3
хil limfa
suyuqligi farq qilinadi; 1. periferik limfa (limfa tugunida). 2. oraliq limfa (limfa
tugunidan ótgandan sóng). 3. markaziy limfa (kókrak qafasida joylashgan yirik
limfatik tomirdagi limfa).