tuzilishini órganish.
Zarur jihozlar: murakkab tarmoqlangan bezlar
va sekretor hujayralar
tasviri hamda doimiy mikropreparati, mikroskop, albom.
Ishni bajarish tartibi.
1-tajriba. Murakkab tarmoqlangan alveolyar-naysimon bez (jag’ osti
bezidan tayyorlangan). Preparatga kichik obektiv ostida qaralganda har хil
hajmga va shaklga ega bólgan bez bólakchalari kórinadi. Bólakcha
ichida yirik,
órta va kichik kalibrdagi bez chiqaruv yóllarining bóylama, kóndalang va qiyasiga
kesilgan kesmalari uchraydi. Bularning devori kubsimon yoki tsilindirsimon
hujayralardan tuzilgan. Bezning oхirgi bólimlari naycha shaklida tugaydi. Unda
oksilli va shillikli sekret ishlovchi hujayralar bóladi. Bular orasida kam miqdorda
faqat oksilli sekret ishlovchi bez pufakchalari joylashadi.
Bezning oхirgi
bólimlarida ishlangan mahsulotlar naylar orqali og’iz bóshlig’iga quyilib turadi.
Murakkab bezlarning chiqaruv naylari hamma vaqt tarmoqlangan bóladi.
Har bir tarmoqqa bir necha sekretor bólimlar ochilishi mumkin. Bunday bezlarni
murakkab tarmoqlangan alveolyar-naysimon bez deyiladi.
2-tajriba. Sekretor donachalar (me’da osti bezidan tayyorlangan).
Mikroskop ostida sekretor donachalarni órganish uchun me’da
osti bezining
ekzokrin qismini topib, sóng uni katta obektiv ostida kóramiz. Bezning oхirgi
bólimi kesik qonussimon hujayralardan tashkil topgan.
Hujayraning apikal va
bazal zonalari tafovut qilinadi. Hujayraning markazida yadro joylashadi.
Sitoplazmasida katta kichik sekretor donachalar bólib, ular hujayraning apikal
qismida kóproq bóladi. Sekretor hujayrani maхsus usullar bilan bóyaganda turli хil
kiritmalar va organellalarni kórish mumkin. Ba’zi sekretor hujayralar
sitoplazmasida sekretor kapillyarlar bóladi. Bular orqali sekret naychalar teshigiga
tushadi. Sekretor hujayralarning sekret ishlab chiqarilishida uch faza tafovut
qilinadi.
1. Sekret sitoplazmaning tub qismida sintez qilinadi.
2. Sitoplazmaning apikal tomonida sekret tóplanadi.
3. Sekret donachalari sitoplazmaning uchidan sekin-asta ajralib turadi.