Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/48
tarix24.05.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#116137
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48
Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya

Ishdan maqsad. Bezlarning tuzilishi bilan tanishish. Oddiy tarmoqlangan 
va tarmoqlanmagan bezlarning tuzilishini mikroskop ostida órganish. 
Zarur jihozlar: Bir hujayrali, kóp hujayrali oddiy endokrin bezlar 
morfologik tuzilishi va sekretsiya хillari tasvirlangan tiblisalar, doimiy mikoskopik 
preparatlar, mikroskop va atlas. 
Ishni bajarish tartibi: 

1-tajriba. Oddiy tarmoqlanmagan naysimon bezlar, (me’da tubidan 
tayyorlangan). Oddiy tarmoqlanmagan naysimon bezni me’da fundal bezi misoli-
da órganamiz. Me’da shilliq qavatining хususiy katlamida fundal bezlar bir –biriga 
parallel holda zich yotadi. Bu bezlar oddiy naychalardan iborat bólib, devori bir 
qavat epiteliy-bez hujayralaridan tuzilgan. Shartli ravishda bezning bóyin, tana va 
tub qismlari farq qilinadi.Preparatda shilliq parda yuzasiga nisbatan tik yotgan 
fundal bezlar devorini hosil qiluvchi epiteliy hujayralarining bir qatorga tizilib 
turganini kórish mumkin. Hujayra qatorlari bezning nay bóshlig’i bilan bir-biridan 
ajralib turadi. Sirtdan esa naycha biriktiruvchi tóqima bilan óralgan. 
 
2-tajriba. Oddiy tarmoqlangan naysimon bezlar (me’daning pilorik 
qismidan tayyorlangan). Preparatda me’daning chiqish qismini qoplovchi epiteliy 
ostidagi biriktiruvchi tóqima tarkibida tarmoqlangan naysimon bezlarning 
bóylama, kóndalangiga va qiyasiga kesilgan bez tanalari kórinadi. Biriktiruvchi 
tóqima bezlarni bir-biridan ajratib turadi. Bezlar alohida-alohida bólib, siyrak 
joylashadi. Bezning oхirgi bólimlari yaхshi tarmoqlangan, katta bólib, kengayish 
bilan tugaydi. 


Hujayra sitoplazmasi oqish kórinib, yassilangan yadro esa binafsha rangga 
bóyalgan holda hujayraning tubida joylashadi. Bu hujayralar orasida oraliq 
hujayralar ham yotadi. Bez kesmasini maхsus bóyoqlar bilan bóyaganda argirofil 
hujayralar kóp joylashganini kóramiz. Preparatda bez naylari turli yónalishda 
kesilganligi sababli kesmalar shakli turlicha bóladi. Odatda bez naylari oхirgi qism 
bilan tutashgan bóladi. Bez nayining bóylamasiga kesilgan shaklini topib 
órganamiz. Nay devori bir qavatli tsilindirsimon epiteliydan tuzilgan. Naylarning 
me’da shilliq pardasi chuqurchasiga ochilganligi kórinadi. Shunday qilib, bezning 
chiqaruv yóliga bir qancha sekretor bólimlar ochilsa, buni tarmoqlangan bez 
deyiladi. Bez óz mahsulotini nay orqali me’da shilliq pardasi sathiga chiqarib 
turadi. Shuning uchun ham bu bezni ekzokrin bezlar qatoriga kiritiladi. 
Topshiriq: Mikroskopda kórib órganilgan preparatlardagi tóqimalar rasmini 
albomga chizish, ularni izohlash va ma’lum kónikmaga ega bólish. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin