kórinadi. Hujayra sitoplazmasi pushti rangga bóyaladi. Ovalsimon yadrolari
binafsha rangli bólib hujayraning bazal qismiga yaqin bir хil sathda yotdi.
Topshiriqlar: Mikroskop ostida kórilgan preparatlar rasmini chizish.
Nazorat uchun savollar:
1. Bir qavatli yassi epiteliyning tuzilishi.
2. Bir qavatli kubsimon epiteliyning tuzilishi.
3. Bir qavatli tsilindirsimon epiteliyning tuzilishi.
4. Yassi va kubsimon epiteliyga qiyosiy ta’rif bering.
9-mashg'ulot. Mavzu: Kóp qavatli epiteliy.
Nazariy tushuncha. Kóp qavatli epiteliy asosan himoya vazifasini bajaradi.
Syuning uchun ular tananing kóproq tashqi tasurotlarga
uchraydigan joylarini
qoplaydi. U terining
yuzasini, og’iz bóshlig’ini, qizilóngach, kózning muguz
pardasini,
buyrakning kosachasi, siydik pufagi, siydik chiqarish yóli va qinni
qoplaydi. Kóp qavatli epiteliy 3 turga bólinadi:
1. Kóp qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliy.
2. Kóp qavatli yassi muguzlanadigan epiteliy.
3. Ózgaruvchan epiteliy.
Kóp qavatli muguzlanmaydigan epiteliy og’iz bóshlig’ining ichki yuzasini,
qizilóngachning shilliq qavatini va kóz muguz pardasini qoplaydi. Uning tuzilishi
quyidagicha: bazal membrana ustida tsilindirsimon shakldagi bazal qavat
hujayralari joylashgan. Uning ustida bir necha qavat joylashgan tikansimon
hujayralar qavatini kóramiz. Epiteliyning eng
yuza qavatida yassilashgan
hujayralar joylashgan. Bu hujayralar ózining hayot tsiklini tugatib muguzlanmay
tushib ketadi, shuning uchun ham muguzlanmaydigan epiteliy deyiladi. Kóp
qavatli muguzlanadigan epiteliy. Bu epiteliy terining epidermis qavatini tashkil
qiladi. Buning 5 ta qavati farq qilinadi:
1. bazal. 2. tikansimon hujayralar qavati. 3. donador, 4. yaltiroq. 5. muguz
qavatlar.
Muguz qavat yassi muguzlangan hujayralardan tuzilgan. Ularning tarkibida
havo pufakchalari va muguz modda bóladi. Bu qavat
hujayralari doimo tushib
turadi.
Ózgaruvchan epiteliy. Ózgaruvchan epiteliyda 3 zonani farq qilish mumkin.
1.bazal; 2.oraliq; 3.yopqich zonalar.
Bazal zona mayda mitoz yóli bilan kópayadigan hujayralardan iborat. Bu
kambial,
differentsiallashmagan,
sitoplazmasi
bazofil
bóyaladigan
hujayralardir. Hujayra shakli turlicha bólib, chegarasi yaхshi kórinmaydi.
Dostları ilə paylaş: