Qoramollar
6,0
5,1
Cho`chqalar
6,0
5,0-6,0
Qo`ylar
9,4
4,3
Echkilar
14,5
4,0
Uy quyoni
5,0
6,0
Tovuqlar
3,5
12,0X7,5
O`rdaklar
3,2
13,8X6,6
Baqalar
0,38
22,8x15,8
Odamlar
Erkaklar
5,0
7,3-7,5 mkm
Ayollar
4,5
8-mashg'ulot. Mavzu: Epiteliy tóqimasi. Bir qavatli epiteliyning tuzilishi.
Nazariy tushuncha. Epiteliy tóqimasi organizmning tashqi yuzasini,
ovqat
hazm qilish nayi va siydik yullarining ichki yuzasini qoplaydi, shuningdek, ayrim
organlarning asosini tashkil etadi. Epiteliy tóqimasi óz tuzilishiga kóra bir
qavatli
(yassi, kubsimon, tsilindirsimon), bir qavatli kóp qatorli (tsilindirsimon,
хilpillovchi) va kóp qavatli yassi (muguzlanadigan, muguzlanmaydigan,
ózgaruvchan ) bóladi.
Bir qavatli epiteliy bilan tanishgandan sóng, kózning muguz pardasidan
tayyorlangan kóp qavatli muguzlanmaydigan va kórsatgich
barmoq terisidan
tayyorlangan kóp qavatli muguzlanivchi epiteliy preparatlari órganiladi. Bunday
preparatlarda kóp qavatli epiteliyning turli qavatlari
har хil shakldagi epiteliy
hujayralaridan iborat ekanligiga ahamiyat berish zarur. Ayniqsa teri preparatidagi
muguzlanuvchi epiteliy hujayralarining shakli kózga yaqqol tashlanadi. Óziga хos
bir qavatli kóp qatorli hilpillovchi epiteliyni kekirdakdan va kóp qavatli
uzgaruvchan epiteliyni siydik qovug’idan tayyorlangan preparatlardan órganiladi.
Shuningdek, oddiy tarmoqlangan, tarmoqlanmagan
va murakkab bezlar ham
órganiladi.
Epiteliy tóqimasining kelib chiqishi va bajaradigan funksiyalarining har хil
bólishiga qaramasdan boshqa tóqimalardan farq
qiladigan umumiy belgilari
mavjud.
1.
Epiteliy tóqimasi zich joylashgan hujayralar tóplamidan iborat bólib,
hujayralararo modda bólmaydi. Uning bunday joylashishi himoya vazifasini
bajarishga sharoit tug’diradi.
2.
Epiteliy tóqimasi bazal membrana ustida joylashganligi chegarada
joylashganligi sababli epiteliy hujayralarida qutbli differensiallanish mavjud.
Epiteliy hujayralarining apikal va bazal qismlarida tafovut mavjud.
Bu qismlar
tuzilishi va vazifasi bilan farq qiladi.
3.
Epiteliy tóqimasida qon tomirlar bólmaydi. Bazal membrana orqali
biriktiruvchi tóqimadan diffuz yól bilan oziqlanadi.
Epiteliy kelib chiqishi va
funksiyasi jihatidan ustki qavatda yotadi. Uning ostida esa biriktiruvchi tóqima
joylashgan.
4.
Epiteliy tóqima yuqori darajada qayta tiklanish qobiliyatiga ega.
Dostları ilə paylaş: