Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya


-rasm. Akson tolasining (A) tuzilishi, (B) ko’rinishi



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/48
tarix24.05.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#116137
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya

43-rasm. Akson tolasining (A) tuzilishi, (B) ko’rinishi 
Mielinli va mielinsiz tolalar qózg’alishni ótkazishda bir- biridan farq qiladi. 
Mielinsiz toladagi qózg’alish sekin-asta óq tsilindr membranasi bóylab uzluksiz 
tarqaladi. Qózg’alishning tarqalish tezligi mielinsiz nerv tolalarida aksonning 
diametriga bog’liq. Mielinli nervlarda esa aksonning diametri mielin hisobiga 
yóg’onlashgan. 
Ishdan maqsad. Mielinli va mielinsiz tolalarining tuzilishini órganish. 
Zarur jihozlar: mielinli nerv tolasi tuzilishi sxemasi, tablitsa, slaydlar
mikropreparatlar, mikroskop.
Ishni bajarish tartibi. 
1-tajriba. Mielinli nerv tolasi (quymuch nervidan tayyorlangan). Nerv 
tóqimasidagi tolalar juda zich joylashganligi uchun ularning nozik tuzilishini ór-
ganish birmuncha qiyin. SHu sababli nervni alohida-alohida tolarga ajratib, maхsus 
bóyoqlar bilan bóyab órganiladi. Mielinli nerv tolasining óq tsilindri uning mar-
kazida joylashgan bólib, zich paralel yotgan nozik ipchalar-neyrofibrillalardan 
tuzilgandir. Óq tsilindri osmiy kislotasi bilan bóyalgan birmuncha qalin mielin 
parda bilan óralgan. Tolaning ma’lum masofalarida mielin pardaning uzulgan 


joylari-Ran’ve bóg’imlari kórinadi. Mielin pardasining tashqi tomonida yadrolari 
yaхshi kórinuvchi ovalsimon Shvann hujayralari-lemmotsitlar yotadi. Shvann 
hujayrasining pardasi tolaning eng sirtqi qatlami-nevrilemmani tashkil etadi. 
Mielinli nerv tolasi pardasining óziga хos tuzilishi elektron mikroskopda yaхshi 
kórinadi. Buning uchun tolaning kóndalang kesimini kórish maqul. Bunda 
lemmotsitning hujayra pardasi óq tsilindirni uch marta órab kontsentrik joylashgan 
plazmatik membranalarning zich qatlamini-mielin pardasini hosil qilgani kórinadi. 
2-tajriba. Mielinsiz nerv tolasi. Mielinsiz nerv tolalari kóproq vegetativ nerv 
tizimi tarkibida uchraydi. Mielinsiz nerv tolalari nerv hujayralari tanasidan chiqqan 
tarmoqdir. Mielinsiz nerv tolalarini Shvann (lemmotsit) hujayralari óraydi. Bu 
hujayralarning tsitoplazmasi tasmalar shaklida bólib, har bir SHvann hujayrasi óq 
tsilindrini kattagina masofada g’ilof singari órab turadi. Shvann hujayralari 
yadrolari nerv tolasiga bevosita tutashgan holida kórinadi. Elektron mikroskopda 
kóringanda óq tsilindri Shvann hujayrasi tasmasiga botib, ushbu hujayra uni 
belbog’ singari órab turadi. Har bir lemmotsit ichida bir qancha óq tsilindrlar 
joylashishi ham mumkin. Bular kabal tipidagi tolalar deyiladi. 
Topshiriqlar: órganilgan mielinli va mielinsiz nerv tolalarining tuzilishini 
chizish, ularni ó’rganish va ma’lum kónikmaga ega bólish. 
Nazorat uchun savollar. 
1. Dendrit nima, u qanday tuzilishga ega? 
2. Aksonning dendritdan joylashishi va tuzilishidagi farqi? 
3. Ósimtalarning soniga qarab nerv hujayralarining farqlanishi. 
4. Mielinli talaning tuzilishi. 
5. Mielinsiz tola hujayralarining tuzilishi. 
6. Mielinsiz tolani qaerda uchratish mumkin? 
7. Qózg’alishning tarqalish tezligi nimaga bog’liq? 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin