Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/48
tarix24.05.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#116137
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48
Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya

Ishdan maqsad. Limfa tugunining tuzilishini órganish. 
Zarur jihozlar: limfa va limfa tuguni tuzilishi tasvirlangan tablitsalar
doimiy mikroskopik preparatlar, mikroskop va atlas. 
Ishni bajarish tartibi: 
1-tajriba. Limfa tomirlari va limfa tugunlarining organizmda joylashishi 
bilan oldin tablisa yordamida tanishib chiqamiz. Sóngra limfa tugunining 
mikroskopik tuzilishini órganamiz. Limfa tuguni sirtdan och pushti rangga 
bóyaluvchi siyrak tolali tóqimadan iborat kapsula bilan óralgan. Kapsulada kóp 
miqdorda yog’ hujayralari, qon tomirlar tutuvchi tashqi va zich biriktiruvchi 
tóqimadan tuzilgan yupqa ichki qatlamlar tafovut qilinadi. Kapsuladan tugun 
ichiga tósiqlar (trabekulalar) ósib kirgan. Bu tósiqlar tugunning markazida bir-biri 
bilan tutashib ketadi. Preparatda har хil yónalgan, turlicha shakldagi tósiqlarning 
kesimlarini kórish mumkin. Tósiqlar kapsula singari biriktiruvchi tóqimadan 
tuzilgan bólib, ularda organni oziqlantiruvchi qon tomirlar joylashgan. Limfa 
tugunining darvozasiga yaqin erda kapsula tarkibida silliq mushak hujayralari ham 
uchraydi. Preparatda limfa tuguni parenхimasining tóq bóyaluvchi chekka qismi 
(póstloq moddasi) va ochroq bóyalgan markaziy qismi (miya moddasi) ravshan 
kórinadi. Póstloq moddasida limfositlar tóplamidan iborat limfoid follikulalar 
joylashgan. Preparatda ba’zi limfoid follikulalarning markaziy qismi ochroq 
bóyaladi. Ularga markaziy kópayuvchi follikulalar deyiladi. Ularning ana shu och 
bóyalgan markaziy qismida yirik limfositlar-limfoblastlar joylashadi. 
Topshiriqlar: mikroskop ostida kórib órganilgan preparatdagi lifa 
tugunining tuzilishini chizish va órganish. 
Nazorat uchun savollar: 
1. Limfa nima? 
2. Limfaning tarkibi. 
3. Qon plazmasidan limfa tarkibi qanday farq qiladi? 
4. Limfaning vazifasi nimadan iborat? 
5. Organizmning qaysi qismlarida limfa tugunlari joylashgan? 




Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin