11
Modal so‗zlar o‗zining leksik – grammatik ma‘no – mohiyatiga ko‗ra
undov so‗zlarga ham yaqin turadi. Ikkalasi ham hayajonni, asabiy
holatni ifodalaydi va so‗zlovchining borliqdan ta‘sirchanligini ko‗rsatadi.
Ularni bir – biridan farqlab turgan narsa shuki, undov so‗zlarning
aksariyati insonlarning yarim ongli ruhiy ta‘sirlanishini ifodalasa, modal
so‗zlar subyektivlikni, so‗zlovchining ifodalanayotgan fikriga
munosabatini ifodalaydi.
Morfologik belgilariga ko‗ra modal so‗zlar boshqa yordamchi so‗z
turkumiga kiruvchi: ko‗makchi, bog‗lovchi, yuklama, undov, taqlid
so‗zlardan farq qilmaydi. Chunki modal so‗zlar ham yordamchi so‗z
turkumlari kabi o‗zgarmas, so‗z yasash, so‗z o‗zgarish affikslariga ega
emas.
Ularni bir – biriga o‗xshash tomonlarining boisi ularning tarixi bilan
bog‗liqdir, chunki modal so‗zlar turli xil mustaqil so‗z turkumlaridan
kelib chiqqan. Bunday tarixiy jarayon, ya‘ni so‗zlarning leksik
grammatik o‗zgarishi natijasida ayrim modal so‗zlar to‗laligicha o‗zining
boshlang‗ich nuqtasidan tamomila uzilib chiqib ketganki, ular faqat
modal ma‘nolarni ifodalaydi, boshqalari esa to‗lig‗icha modal so‗zlar
qatoriga o‗tib ketmagan shuning uchun ular ayrim hollarda modal
ma‘nolarni ifodalasa, boshqa hollarda ma‘lum gap bo‗lagi vazifasini
bajaradi. Masalan:
Dostları ilə paylaş: