Balki siz aytarsiz, nima bo„lganini? ( Parda Tursun ). 2. Nafsi uchun
emas, balki qadri uchun yig„laydi –da. ( O‗. Usm. ). 3. – Qayerga borish,
kimga uchrashishni u yaxshi biladi. – To„ppa – to„g„ri. ( Chingiz
Aytmatov ). 4. Hilola gapning to„g„risini aytdi ( O‗. Usm. ) gaplarida
[ W^ – lashayotgan ] so‗z qo‗llanilgan.
[ W^] – simon ( so‗z – gapsimon ) deganda mohiyatan so‗z – gap
bo‗lmagan lug‗aviy birlikning so‗z – gap vazifasida kelishi tushuniladi.
Jumladan, modalsimonga [ shunday qilib], [ baxtga qarshi ], [ tavba ],
[ xudo saqlasin ]; undovsimonga erkalash ma ‗noli [ asalim ], [ oppog‗im]
va undalma ma‘noli [ ey do‗stlar ] kabi; tasdiq/ inkorsimonga [ xuddi
shunday ], [ hech qachon], [ noto‗g‗ri ] kabi; taklif/ ishorasimonga
[ boshlang ] ko‗rinishli so‗z misol bo‗ladi.
Qisqasi, so‗z – gapning leksik – semantik turi bo‗lmish sof so‗z – gap
o‗zi tarixan kelib chiqadigan so‗z turkumidan batamom uzilgan
bo‗lib, uning ko‗pchiligi ravish, sifat, ot sifatida mutlaqo
23
qo‗llanilmaydi. So‗z – gaplashgan unsur esa o‗zi tarixan kelib chiqqan
so‗z bilan omonimik munosabat hosil qiladi va o‗z aloqasini
boshqa turkumdan to‗la uzmagan bo‗ladi. So‗z – gaplashayotgan
unsurga o‗zi boshqa so‗z turkumi ( ravish, sifat, olmosh, son, fe‘l) ga
tegishli, lekin so‗z – gapga xos ma‘no va vazifada qo‗llanila
oladigan birliklar kiradi va bularning so‗z – gapsimondan farqi
shundaki, ushbu qatlamga oid so‗z tarixiy taraqqiyot natijasida
batamom so‗z – gapga o‗tib ketishi mumkin. So‗z – gapsimon esa o‗z
turkumi doirasida qoladi.
So‗z – gapning sintaktik xususiyati kesimlik qo‗shimchasini qabul
qilmasligi, bog‗lama bilan birika olmasligida. So‗z – gap ham undalma,
sodda gap kabi kengaygan yoyiq holatda bo‗lishi mumkin:
1. Cho„lni o„zlashtirgan mardlarga ofarin. ( Abdulla Qahhor).
2. Falakning dastidan dod! ( Hamza ).
3. Barakalla, sizga!
Misollardan ko‗rinib turganidek, so‗z – gap faqat bitta so‗zdan
iborat bo‗lmay, nutqda kengayish qobiliyatiga ham ega. So‗z – gapning
yana bir sintaktik xususiyati shundaki, [ WPm] qurilishli gapda
kesimlik kategoriyasi va ma‘nosi ( W ) ga ( Pm ) orqali kiritiladi, (m)
ning esa o‗zbek tilida juda ko‗p ko‗rsatkichi mavjud. Shakl
o‗zgarishi bilan kesimlik kategoriyasining ma‘no turi ham o‗zgaradi.
Masalan, Bo‗ladi. Bo‗lmaydi. Bo‗lsa. Bo‗ldi. Va hokazo. Ammo so‗z –
gapda bunday emas. Har bir so‗z – gap shu gapga xos bo‗lgan
ma‘noni ifodalashga xoslangan bo‗ladi. Chunonchi [ ha ] so‗zi tasdiqni
ifodalaydi. Uning bo‗lishsizligi ha emas bilan emas, balki alohida yo‗q
so‗zi bilan ifodalanadi. [ albatta] yoki [ shubhasiz ] modal so‗zi qat‗iy
ishonch va tasdiqni ifodalaydi, inkor ma‘nosi [ mutlaqo ], [ aslo]
so‗z–gapi bilan beriladi.
24
So‗z – gapda zamon va shaxs ma‘nosi matnda muayyanlashadi.
O‗zbek tilida gap ( kesimlik ) zamon va shaxs ma‘nosidan xoli bo‗la
olmaydi. Zero, so‗z – gapda zamon va shaxs – son ma‘nosining
kontekstual aniqlanish xususiyati bu so‗zning asosiy sintaktik
xususiyati –kesimlik qo‗shimchasini qabul qilmay gap bo‗lib kela olishi
bilan sharhlanadi. So‗z – gapning yana bir sintaktik xususiyati – uning
gap tarkibida alohida pozitsiyada turishi, ya‘ni boshqa gap bo‗laklari
bilan bog‗lanmasligi va o‗zi gap sidatida ― yashay olishi‖, hamisha
lisoniy alohidalikni saqlab qolishi bilan belgilanadi. Chunonchi,
1. – Ertaga kelasizmi? - Albatta. ( O‗. Usm. ).
2. – Yengil tortdingmi, qizim? - Shukur. ( Abdulla Qahhor).
Ko‗rinadiki, modal so‗zning funksional – semantik shakllangan so‗z –
gaplarning bir turi sifatidagi umumiy sintaktik xususiyati ular kesimlik
qo‗shimchasini qabul qilmagan holda gap va uning markazini tuza
olishida. Modal so‗zda kesimlik kategoriyasini tashkil etuvchi mayl –
munosabat ma‘nosi yaqqol bo‗rtib turadi, bu esa faqat so‗z - gaplarning
ayni shu turiga xos xususiyat hisoblanadi.
|