Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/60
tarix23.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#117181
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   60
KOMPYUTER LINGVISTIKASIDAN UNIVERSAL QO‘LLANMA

qo‘llanishi” nazarda tutiladi, ya’ni so‘zning material qismi (leksik ma’no) va formal 
qismi (grammatik ma’no) bir butunlikda tushuniladi. Lug‘at so‘zligi qilib “so‘z 
shakli” qabul qilinadi. 
a) matndagi ikki bo‘shliq (probel) orasidagi bir butunlik – so‘z shakli deb 
qaraladi; 
b) matndagi juft va takroriy so‘zlar ham (probelsiz yozilganda) bir so‘z shakli 
deb inobatga olinadi; 
v) so‘z shakllarining qaysi so‘z turkumiga taalluqli ekanligi oldindan 
kodlashtirilgan holda kiritiladi; 
g) har bir belgi bir so‘z shakli deb qabul qilinadi. Shuning uchun matn 
kompyuter xotirasiga xatosiz, aniq kiritilishi lozim; 
d) shakldosh so‘zlar – omonimlar alohida-alohida (kodlashtirilgan) lug‘at birligi 
sifatida hisobga olinadi; 
ye) tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘z shakllari – atamalar, shevaga xos so‘zlar, 
eskirgan so‘zlar ham maxsus belgilar bilan qayd etiladi. 
Kompyuter lug‘atlarida tub so‘z ham, yasama so‘z ham, atoqli otlar, atamalar va 
geografik nomlar ham bitta so‘z shakli sifatida qaralaveradi. Bosh harf bilan yoki 
kichik harf bilan berilishidan qat’iy nazar bir xil simvol sifatida tushuniladi. Bunday 
holatda ularni alohida tez ajratib olish uchun har birini kodlab chiqish kerak bo‘ladi. 


56 
Masalan, tub va yasama so‘zni maydon nazariyasi asosida tadbiq etsak quyidagicha 
lug‘atda beriladi: 
Bola - leksemasining kompyuter yordamidagi tahlili: 
1. Bosh so‘z: bola : 
2. Semantik uya: bola, farzand, chaqaloq, o‘g‘il, qiz, toychoq, bo‘taloq, 
nuridiyda. 
3. Leksik semantik guruh: ota, ona, aka, uka, opa, singil. 
4. Semantik to‘da: tog‘a, amma, xola, buvi, jiyan. 
5. Mikromaydon: oila. 
6. Makromaydon: qavm-qarindoshlik. 
7. Sinonim: farzand, qiz, o‘g‘il. 
8. Antonim:-
9. Giperonim: oila. 
10. Giponim: bola. 
11. Xolonim: bola. 
12. Meronim: ko‘z, bosh, oyoq, qo‘l, soch, burun va hakozolar. 
13. Graduonim: chaqaloq-bola-aka (opa)-ona-ota-buvi-bobo. 
14. Funksiononim: avlod davomchisi. 
15. Sath: leksik sath. 
16. So‘z turkumi: ot, turdosh ot, yakka ot, aniq ot, birlikda, 3-shaxs. 
17. Tuzilishi: soda, tub ot.
18. Morfologik o‘zgarishi: turlanadi (bola, bolang, bolasi, bolamiz, bolangiz, 
bolalari; bola, bolani bolaning, bolada, boladan, bolaga) 
19. Sintaktik aloqasi: sho‘x bola, nimjon bola, bolaning qilig‘i, bolasiga 
qaramoq, bolasidan topmoq. 
20. Assosiasiya: o‘qitmoq, parvarishlamoq, tarbiya bermoq, o‘stirmoq, 
avaylamoq, alla, yaxshi, yomon, ota, ona, beshik, emizmoq, ovqatlantirmoq, 
o‘ynatmoq, erkalamoq. 
21. Ibora(frazeologizm) lar hosil qilishi: bolaga ish buyur, orqasidan o‘zing 
yugur; bola boshidan; bolaning ko‘ngli dalada, onaning ko‘ngli bolada; bola 
ko‘rmoq; bol shirin, boldan bola shirin; bola aziz, odobi undan aziz; otasining bolasi; 
ona bilan bola, gul bilan lola; 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin