Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
Xadichaning mijjalari qimirladi, ammo ko‘zi ochilmadi. Yo‘lchivoy onasini ko‘rpachaga 
yotqizib, tashqariga otildi: 
— Ayasi, ayasi deyman! — deb baqirdi ayvonga chiqib. Xavotirga tushib sergak 
o‘tirgan xotini darrov eshik ochdi. — Ayamga qarang! — Yo‘lchivoy shunday deb yugurib 
ko‘chaga chiqdi. U hozir hech nimani o‘ylamas, atrofdagi odamlarni ham ko‘rmas edi. U 
ikki ko‘cha narida yashovchi, hamshaharlari, «xitoy do‘xtur» deb nom chiqargan 
Murodillanikiga qarab yugurardi. Baxtiga «xitoy do‘xtur» uyida ekan. Yo‘lchivoyning 
uzuq-yuluq gaplarini tinglab, «Sen uyingga qayt, oyog‘ini issiq qil, men izingdan yetib 
boraman», dedi. 
Yo‘lchivoy qaynog‘i o‘lgan samovar suvini meshchaga quyib, onasining oyog‘iga 
qo‘yayotganida Murodilla xotinini boshlab keldi. Xadichaning tomir urishini eshitib, 
qoshiqcha so‘radi. Yonida olib kelgan o‘tkir hidli doridan quyib ichirdi-da, o‘rnidan turdi. 
— Bu yog‘i yangangning ishi, sen xavotir olma, — deb tashqariga chiqdi. 
Murodillaning xotini bir zumda Xadichaning chakkalariga, bo‘yniga, bilaklariga, 
ko‘kragiga kiprik qalinligidagi tilla ignalarni qadab tashladi. Muolaja amal qilib, Xadicha 
o‘sh zahoti ko‘zlarini ochdi. Kelini bilan hamshaharini ko‘rib xijolatligini oshkor qilish 
maqsadida jilmaymoqchi edi, labi titrab, o‘ziga bo‘ysinmadi. «Hushimdan ketibman-da, 
— deb o‘yladi u, — Xudo meni qaytarib berdimi, ishqilib yaxshilikka qaytardimi ekan yo 
qolgan-qutgan balolarni ham ko‘rsin, dedimi?» 
Xitoy do‘xturning xotini eshikni ochib, ayvonda turgan eriga bosh irg‘ab qo‘ydi. 
— Ayang o‘ziga keldi. Qayg‘u bir oz urintirib qo‘ygan. Yangang xabar olib turadi, 
xavotir olma... O‘zingning ishlaring qalay? 
— Xudoga shukr, qimirlab turibmiz. 
— Milisadan xabar bormi? Topishibdimi? 
— Yo‘q. 
— Bittasini ushlashgan ekan-ku? 
— Aniqmas, deyishyapti... 
Bu haqda gaplashishga Yo‘lchivoyning xohishi yo‘q edi. Murodilla buni sezib, boshqa 
savol bermadi. Ignalarni olish vaqti yetgach, ichkari kirib Xadichaning bilak tomirini 
ushlab ko‘rdi-da, «xavotir olmanglar», deb uyiga qaytdi. Yo‘lchivoy uni kuzatib qo‘ydi-
yu, ichkari kirishga yuragi betlamadi. Kirsa yana o‘sha gap qo‘zg‘oladiganday, onasi bu 
safar butunlay ko‘z yumadiganday tuyuldi. U biroz hovlida ivirsib yurdi-da, keyin uyiga 
kirdi. Akalari bilan o‘yinchoq talashayotgan kenjasini ko‘tarib onasining xonasiga o‘tdi. 
Tili chiqib, biyron bo‘lib qolgan do‘mboqchasini yerga qo‘yishi bilan u yugurib borib, 
buvisining yoniga yotib oldi-da, akalarining yomonligidan arz qildi. 
Kech kirguncha shu bola bilan ovunishdi. Kechki ovqat Xadichaning ham
Yo‘lchivoyning ham tomog‘idan o‘tmadi. Nozima uy to‘riga qaynonasiga, etakroqqa eriga 
joy solayotganda Xadicha o‘g‘liga savol nazari bilan qaradi. Yo‘lchivoy onasiga javob 
bermadi. Xadicha «ko‘nglim yolg‘izlikni istayapti», deya olmadi. 
Bu tun na onaning, na farzandning ko‘ziga uyqu ilindi. 
«Endi nima bo‘ladi?» 
Ona-bola shu savolga javob izlashardi. Yuzaki qaralganda savol oddiy, uni yuzaga 
keltirgan voqea ham oddiy. Fojia chiqarishga asos yo‘qday. Ammo uy to‘rida yotgan 
mushtiparning yuragi boshqa gap aytadi «O‘g‘lim bu musibatni ko‘tara oladimi? — deydi 
u. — Shuncha yil aldaganing uchun Xudonnig qahri kelmaydimi? Chin dadasining 
ahvollari ne kechadi? Akalarini o‘ldirganlari rostmi? Ishonmayman, o‘ldirganlariga 
ishonmayman. Unda nima sababdan u kishini qamab qo‘ydilar? U kishining tirik 
ekanlarini, ko‘rganlarini nima uchun dadasi mendan yashirdilar? Eri tirik xotinga, taloq 
xati olmagan xotinga uylanganlaridan qo‘rqdilarmi? Xudoyim shuning uchun jazoladimi? 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin