78-bob. Umrini yetim bolalariga ba?ishlagan tul xotinning fazilati 141. Avf ibn Molik (r.a.) Rasulullohdan rivoyat qildilar. "Rasululloh: "Eridan beva qolib,
bolalarini sabr bilan tarbiya qilayotgan va turli mashaqqatlarga uchraganidan rangi
sargayib ketgan xotin bilan jannatda shunday bo’lamiz", deb ikki barmoqlarini bir-biriga
jips qilib ko’rsatdilar, dedilar".
Ya'ni shunday xotin jannatga kiradi va darajasi boshqa xotinlarga nisbatan mening darajamdek baland bo’ladi. 79-bob. Yetimga odob o’rgatish haqida 142. Shumaysatu-l-Atakiya aytdi: "Hz. Oyisha Huzurlarida yetim bolaning odobi
to’grisida bahs bo’ldi, shunda u zot: "Men yetim bolani keyinchalik xursand bo’lsin, deb
uraman", dedilar.
Ya'ni bola yaxshi odob o’rgansa, katta bo’lganida shu odobi tufayli hurmatga ega bo’ladi, demoqchi bo’lsalar kerak. 80-bob. Bolalari o’lgan kishining fazilati haqida 143. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Qaysi bir musulmon kiishning
uchta farzandi o’lgan bo’lsa, do’zax o’ti unga tegmaydi, faqat Alloh taolo Qur'onda:
"Sizlardan har biringiz unga (jahannamga) tushuvchidirsiz. (Bu) Rabbingiz (irodasiga
binoan) vojib bo’lgan hukmdir" (19:71), degan qasami uchungina u kishi ham bir tushib
o’tadi", - dedilar.
Bu oyat tafsirida Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh: "Do’zaxga yaxshi kishilar ham, yomonlar ham kiradi, lekin u mo’minlar uchun sovuq va salomatlik bo’ladi", deganlar". Ibn Abbos esa:"Do’zax ichiga kirmay, faqat yonidan o’tadilar", dedilar. Ba'zi sahobiylar: "Do’zaxdan murod pulsirotdir", deydilar. (Zamahshariy, Al-kashshof, 2-jild, 339-sahifa). 144. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. "Bir xotin kishi Rasululloh huzurlariga kelib:
"Yo Rasululloh, bu bolam haqiga duo qiling, men uchta bolamni ko’mdim", dedi. Shunda
Rasululloh (s.a.v.): "Sen zo’r qalqon bilan do’zaxdan to’silib qolibsan", dedilar".
145. Xolid Absi (r.a.) aytdilar: "Mening bir o’glim o’lib qolganda juda qattiq achindim va
Abu Hurayraga borib: "Siz Rasululloh (s.a.v.)dan o’lgan kishilarimiz haqida bizga dalda
beradigan biror gap eshitganmisiz?" - deb so’radim. Shunda Abu Hurayra (r.a.): "Men
Rasululloh (s.a.v.)dan: "Yosh bolalaringiz jannatdagi kichik chavaq (baliqcha)lardir",