Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
28
shunga Allohdan bo’ladigan savobni umid qilsam, bu men uchun butun dunyodan va
undagi hamma narsalardan ham yaxshiroq bo’lar edi", degan edilar.
153. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) sahobiylaridan:
"Qaysilaringizga o’z molidan ko’ra varasalarining moli yaxshiro? ko’rinadi?" - deb so’radi-
lar. Sahobiylar: "Yo Rasululloh! Hammamizga ham uz moli merosxo’rlarining molidan
yaxshiroqsir", deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Bilib qo’yinglarki, varasalaringizga
tegishli mol o’z molingizdan ko’ra yaxshiroq ko’rinadi. O’zingizdan
ilgari yuborgan mol-
bu sizning molingiz. Ammo o’zingizdan keyin orqangizda qolgan mol esa, bu albatta
varasalar molidir", dedilar".
Kishi hayotida molidan yaxshi ishlarga sarf qilsa, uni o’zidan ilgari yuborgan bo’lib,
manfaati o’zigadir, ammo molparastlik tufayli uni yigab, o’zidan keyin qoldirsa, u
varasalar moli hisoblanadi, Shuning uchun Rasululloh (s.a.v.) u mol kishiga yaxshi
ko’rinadi, dedilar. Endi varasalar insofli bo’lib, otadan qolgan molni yaxshi ishlarga
sarflasalar, albatga, savobdir, buning ajr-mukofotani Alloh beradi. Ammo ular betafviq
bo’lib, ota molini yomon ishlarga sarflaydigan bo’lsalar, ma'azolloh, bu albatga gunohdir.
154. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) sahobiylardan: "Sizlar raqub
deb kimni aytasizlar?" - deb so’radilar. Sahobiylar: "Bizlar raqub deb o’zidan bola
tug’ilmaydigan kishini aytamiz", - deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Bunday emas, raqub
o’zidan ilgari birorta bolasini (qabrga) uzatmagan kishidir", - dedilar.
Raqub lugatda ikki ma'noda: biri raqobatdan, ya'ni kuzatish, saqlash va kutib turish,
ikkinchisi bolasi tugmavdigan kishi ma'nosida, ya'ni bolalari o’laverib, yangi tug’ilgan
bolasini ham avvalgalari qatori o’lib qolishidan qurqib, kuzatib turadi. Birinchisi bolash
yo’qiligidan qayg’urib, Alloh taolodan bola so’rab iltijo qilgani uchun savob kutsa,
ikkinchisi o’zidan keyin bolalari qolib, uning haqida qiladigan duolari va xayr-ehsonlarini
kutadi.
155. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlar
pahlavon
deb kimni hisoblaysizlar?" - deb sahobiylardan so’radilar. Ular: "Biz kurashda hech
kimdan yiqilmaydigan kishini pahlavon deb bilamiz", deyishdi. Rasululloh (s.a.v.):
"Unday emas, balki jahli chiqqan vaqtida ham o’zini tiya oladigan kishini pahlavon
deyiladi", dedilar".
Dostları ilə paylaş: