kisloroddan iborat xolos. Oksidlanganda aldegidlar
hosil qilib parchalanadi,
shuningdek aromatik moddalar vanilin va boshqa metoksillangan aromatik
tuzilishidagi moddalarga parchalanishi ham mumkin.
Pektin moddalar parchalanganda galakturon kislotasi, pektin kislotasi,
galaktoza, ksiloza, arabinoza, metil spirti, sirka
kislota kabi moddalar hosil
bo‘ladi. Bu modda parchalanishi ham klastridium avlodi vakillari bilan boglik.
Bu bakteriyalar pektin kislotasi hosil bo‘lgandan keyin u parchalanib galaktoza
arabinoza va boshqa moddalarni hosil qilgach, shu moddalardan moy
kislotasi, sirka kislotasi, oz miqdorda aseton va butil spirtlarni hosil qiladilar.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki uglerodli murkkab
moddalarning parchalanishi xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga egadir.
Spirt
ishlab chiqarish, vinochilik, sirka
tayyorlash, pivo pishirish, novvotchilik, qatiq,
pishloq tayyorlash, silos tayyorlash, sabzavotlarni tuzlash, kanopga ishlov
berib tolasidan foydalanish, boshqa turli xil soxalarda ahamiyatli ekanligini
ko‘rib o‘tishning o‘zi kifoya.
Dostları ilə paylaş: