kulturasini tuproqqa kiritishni algolizatsiya deb nomlangan.
Hozirgi kunda
molekulyar azotni o‘zlashtiradigan 130 turdan ortiq ko‘k-yashil suv o‘ti
aniqlangan. Bu usuldan O‘zbekistonda ham galla, paxta, pomidor, bodring
ekilgan joylarda (qator rayonlarda) O‘zbekiston
Fanlar Akademiyasi
mikrobiologiya instituti xodimlaridan alohida bir guruxi samarali ishlar olib
borishgan va olib borishmoqda. Algolizatsiya bizning sharoitimizda
sholchilikda kam o‘tkaziladi, chunki sholiga yetarli miqdorda azotli o‘git
beramiz. Ammo, Vetnam,
Xindiston, Xitoyda ko‘p ishlatiladi. Ular ko‘proq suv
paparotnigi Azollani shu maqsadda ishlatadilar. Azollani kichikroq suv
xavzasida ko‘paytirib, uning suspenziyasini suv bilan yuborishadi. Suv yuzi
azolla ko‘payishidan yashil ko‘rpadek bo‘lib qoladi. Issiq ko‘tarilganda azolla
o‘ladi (sholi ruvaklash vaqtlarida) minerallashadi. Uni o‘simlik o‘zlashtirish,
natijasida hosildorlik oshadi.
O‘simliklar hosildorligi oshishida kremniyning ahamiyati ham juda katta.
Ammo, tuproqdagi alyuminiy silikatlari o‘simlikka o‘zlashtirilmaydi. Uni
o‘zlashtirish uchun parchalash lozim.
Alyumosilikatlar SO
2
va kislotalar
ta’sirida parchalanadilar. Shu maqsadda V.G.Aleksadrov Basillus
mukilaginosus siliksus bakteriyalaridan foydalanishni tavsiya etgan.
Tekshirishlar «silikat»li bakteriyalar preparati
ham samara berganini
ko‘rsatgan.
Dostları ilə paylaş: