Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)


Organik o‘git tayyorlashdagi mikrobiologik jarayonlar



Yüklə 258,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/70
tarix09.11.2022
ölçüsü258,74 Kb.
#119195
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70
Microbiology

2. Organik o‘git tayyorlashdagi mikrobiologik jarayonlar.
Tuproq 
unumdorlishigi oshirishda atrof muhit tozaligini organik o‘gitlarni tuproqqa 
kiritish ahamiyati kattadir. Ammo go‘ng tarkibidagi foydali elementlarni ko‘p 
yo‘qotmaslik choralarini ham ko‘rish lozim. Organik o‘gitlarga go‘ng, kompost, 
shaxar chiqindilari kirib tarkibida 20-24% organik modda, azot, fosfor, kaliy va 
suv mavjud bo‘ladi. Go‘ngni saqlash D.P.Pryanishnikov tavsiyasi bo‘yicha. 1. 
Hayvonlar tagida; 2.Chirtish churuqchalarida; 3. «Sovuq» go‘ng tayyorlash 
go‘ng saqlash joylarida darhol zichlash yo‘li bilan; 4. «Issiq» go‘ng tayyorlash 
uni govak holda havo chiritib, kam-kamdan zichlab berish bilan amalga 
oshiriladi. «Sovuq» go‘ngni betonlangan maxsus chuqurlarda (suyuq massa 
oqib ketadigan quduqchalari mavjud bo‘lgan) zichlab saqlanadi. Bunda 
mikrobiologik jarayonlar 30-40
o
S atrofida boradi. «Issiq» go‘ng tayyorlash 
zichlanmagan 1 metr qalinlikda go‘ngni saqlab 3-4 kundan keyin uni zichlab, 


yana ustiga zichlanmagan go‘ng tashlab berish natijasida amalga oshiriladi. 
Zichlanmagan qavatda mikrobiologik jarayon 60-70
o
S da boradi. Go‘ngda 
ammonifikatorlar, nitrifikatlar va turli xildagi mezofil mikroorganizmlar mavjud 
bo‘ladilar. Go‘ngni, somon va xozonrezgilik, paytda tushgan barglar bilan 
aralashtirib, azot, fosfor qo‘shib tayyorlangan kompost unumdorlikni yanada 
oshiradi. 
3. Rizosferadagi mikroorganizmlarning o‘simliklar uchun 
ahamiyati.
O‘simliklar ildizlari va yer ustki qismlari yuzasida o‘simlik 
organizmlari tomonidan sintez qilingan organik moddalar ajarlib chiqadi. Bu 
xodisani ekzosmos deyiladi. O‘simlik hayoti davomida o‘z massasining 10% 
ga yaqiniga shunday modda ajratib chiqaradi. Ildizdan ajraladigan 
moddalarning ko‘pchiligini fiziologik aktiv moddalar (vitaminlar, stimulyatorlar, 
ba’zan alkoloidlar), organik kislotalar, qand aminokislotalar bo‘lishi mumkin. 
Shuning uchun ildizga yaqin turgan tuproqda (rizosferada) va ildizning 
yuzasida xilma-xil mikroorganizmlar rivojlanadilar. Bunday 
mikroorganizmlarga bakteriyalar (Psevdomonas, Mikobakteriyalar), 
mikroskopik zamburuglar, achitqilar, suv o‘tlari va x.k.lar kiradi. Ayniqsa 
simbioz mikroorganizmlar ko‘p bo‘ladi. Simbioz o‘simlik va zamburuglar 
o‘trasida bo‘lsa mikoriz deyiladi. Mikoriz ham endotrof (zamburug giflari 
ildizparenxima hujayrasi oraliklarida emas, hujayra ichiga ham kirib ketgan) 
va ekzotrof (zamburug giflari ildizni zich, qinga o‘xshab o‘rab oladi va 
giflarning turlari har tomonga tarqalgan) bo‘ladi. Mikoriz o‘simliklar 
rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Agar rizosferada va ildizda mavjud 
bakteriyalar bilan o‘simlik simbioz yashasa buni bakterioriz deyiladi va bu 
ham o‘simlik oziqlanishida samaralidir. 

Yüklə 258,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin