Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 258,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/70
tarix09.11.2022
ölçüsü258,74 Kb.
#119195
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
Microbiology

 5. 
Xulosalar.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, qanday yo‘llar bilan 
bo‘lmasin tuproqning unumdorligini oshirishda mikroorganizmlar faoliyatidan 
foydalanish o‘simliklar o‘sish-rivojlanishini yaxshilashga va ko‘p hosil olishga 
imkoniyat tugdirar ekan. 
SAVOLLAR: 
1. Rizosferada mikoorganizmlar ko‘payishi uchun qanday qulay sharoit vujudga keladi? 
2. Almashlab ekish ahamiyati nimada? 
3. Go‘ng tayyorlash, kompost tayyorlash xillari qanday bo‘ladi? 
4. Simbioz nima? Ahamiyati nimada? 
5. Azotobakteriyalari nima, qanday qo‘llash mumkin? 
6. Fosforobakteriyani qo‘llash ahamiyati nima? 
7. Algolizatsiya nima? Ahamiyati nimada? 
9-MAVZU: MIKROBIOLOGIYaNING DEHQONChILIKDA VA 
ChORVAChILIKDAGI AHAMIYaTI. 
Reja: 
1. O‘simliklarni himoya qilishda mikroblarni qo‘llash 
2. O‘simliklarni o‘stirishda mikroblarning ahamiyati 
3. Chorvachilikda mikrobiologiya 
A.Pichan va silos tayyorlash 
B.Ozuqa oqsili, aminokislota va vitaminlar sintezi 
V.Antibiotiklarni qo‘llash 
4. Xulosa. 
Adabiyotlar 2,3,4,6,7 
 


 
O‘simliklar himoyasida mikroblarni qo‘llash.
Mikroblar ishlab 
chiqaradigan moddalar insonlarda, hayvonlarda turli xil patalogik mikroblar 
kelishib chiqaradigan kasalliklarga qarshi ham qo‘llaniladi. Lekin 
mikroblarning to‘gridan-to‘gri o‘simlik himoyasida ishlatilishi yanada yaxshi 
samara beradi. O‘simliklar o‘zini himoya qilishning qayta tizimlariga ega 
bo‘lishidan qat’iy nazar antogonist-mikroblar ham o‘simliklarni himoya 
qiladilar. O‘simliklar o‘zidan fitonsidlarni, fitoaleksinlarni ishlab chiqarib , o‘zida 
immunitet hosil qilib mikroorganizmlardan zararlanishga qarshi ko‘rashadilar. 
Ammo, ularni himoyaviy va biolgik himoya qilingan baribir extiyoj bordir. 
Fitopatogen mikroorganizmlarga qarshi ularning antogonistlarni qo‘llash ham 
samaralidir. 
Masalan: beda ekilgandan keyin tuproq go‘zaning vertisyollez vilt 
qo‘zgatuvchilaridan tozalanadi. Bunda shu beda ildizidan chiqqan 
mikroorganizmlar ahamiyati va ildizdan ajralgan moddalar ahamiyati kattadir. 
O‘simlikdagi parazit zamburuglarida 2 avlod parazitlik qiladi. O‘simliklar 
kasalligini davolashda antogonist mikroblarini qo‘llash samarasi yanada 
yaqqol namoyon bo‘ladi. Buni quyidagi misollarda ko‘rib chiqishimiz mumkin. 
Un shudringi zamburugida piknidial zamburuglar, bugdoyning ko‘ngir zang 
kasalini qo‘zgatuvchisi (pukkisinniatritikum) da ham G.S.Muromsev 
aniqlashicha peknidial zamburug parazitlik qiladi va x.k. Bugdoy zigir fuzariozi 
qo‘zgatuvchi Peyevdomonasda Ya.P.Xudyakov Shlerotiniya va Batrutis 
zamburuglari misellalari rivojlanganligini aniqladi. Shu zamburuglar bilan 
urugga ishlov berib fuzaroiz kasalligini oldi olinadi. N.A.Krasilnikov 
ninabarglarida kasallik qo‘zgatuvchi fitopogenlarga qarshi minolitik 
bakteriyalar qo‘llashni aniqladi.
Antogonist mikroorganizmlarni faqat fitopatogenlarga qarshi emas, 
parazit o‘simliklarga qarshi ham qo‘llanilmoqda. Masalan: tarvuz, qovun 
shumgiyasiga qarshi kurashiladigan fuzarium orobanches zamburugini 
ishlatildi. Ko‘pchilik antogonistlarni tuproq infeksiyasiga qarshi ham 
qo‘llanilmoqda. Buning uchun ko‘chat o‘tkazishda ularning ildizlari antogonist 
mikroblar bilan ishlov beriladi, uruglarga ishlov beriladi. Hozir kemiruvchilarga 
qarshi ham ularning (primankalariga) aldamchi yemishlariga qo‘shib ularni
shu mikroorganizmlar bilan qirib tashlanadi. O‘simliklarni himoya qilishda
mikroblar ishlab chiqaradigan turli xil antibiotiklardan ham foydalanilmoqda. 
Aktinomisetlar ishlab chiqargan antibiotik go‘za gommoziga qarshi, o‘rikning 
bakteriologik so‘lishiga qarshi qo‘llaniladi. Sitrus o‘simliklari mevalari buzilishi 
oldini olish uchun ham antibiotiklar qo‘llanilmoqda. Fitobaktriolisin loviyada, 
baktrioz gallada, ildiz chirishiga qarshi, trixoderma paxtada viltga qarshi va 
x.k. ishlatilmoqda. Xasharotlarga qarshi ham xilma-xil bakteriologik 
preparatlar va mikroorganizmlar ishlab chiqargan xar xil moddalar 
ishlatilmoqda.

Yüklə 258,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin