2.
Melanconiales tartibi
1. Melanconiaceae oilasi
Zaruriy jihozlar: Gerbariydan namunalar (mevali daraxatlarning chirish kasalliklari, guzaning
vertisillyoz so‘lish, tokning antraknoz, maymunjonning qo‘ngir doglanish, tutning silindosporioz
kasalliklari). Rangli jadvalar.
Aspergillus va Penicillium zamburuglarini sof kulturasi. Mikroskop
buyum va qoplagich oynachalar, sirtmoq, spirt lampasi.
Topshiriq: 1. Kasallik qo‘zgatuvchi zamburuglar va kasallikni tashqi belgilari Bilan tanishish.
2. Zamburuglarni mikroskopda ko‘rish va rasmlarini chizish.
Bu sinfga kiruvchi zamburug‘lar yuksak zamburug‘lar guruhiga kiradi. Bularning tanasi ko‘p
hujayrali miseliydan iborat. Bu sinf zamburuglari jinssiz yo‘l bilan ko‘payadi, ya’ni konidiya va
konidiyabandlari yordamida. Takomillashmagan zamburug‘lar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, ular
tuproq va o‘simlik qoldiqlarida saprofit hamda parazit holda yashaydi. Ba’zi tartibga kiruvchi
zamburug‘lar antibiotik zamburug‘lar hisoblanadi (penisillium, aspergillus), ayrim vakillari juda
zararli kasalliklarni keltiradi. Bu sinf zamburug‘lari qishloq xo‘jalik ekinlarida chirish, dog‘lanish,
so‘lish kabi kasalliklarini keltiradi. Bular konidiya, konidiyabandlarini tuzilishi va ularni rangiga
qarab 4 ta tartibga bo‘linadi:
1. Gifomisetales -
Hyphomycetales.
2. Melankoniales-
Melanconiales.
3. Sferopsidales –
Sphaeropsidales.
4. Misilialilar -
Myceliales
Gifomisetales - Hyphomycetales tartibi. Bu tartibi vakillarining konidiyasporalari
subtratdan dastalanib yoki yakka holda tashqariga chiqadigan konidiyabandlarida hosil bo‘ladi.
Konidiyabandlari oddiy yoki har xil shoxlangan bo‘ladi. Konidiyalari esa bir hujayrali, ko‘p
hujayrali ko‘ndalang yoki uzunasiga to‘siqli, ipsimon, ovalsimon bo‘lishi mumkin. Konidiyalar
konidiyabandlarida yakka holda, zanjirsimon yoki boshsimon bo‘lishi mumkin. Gifomisetalis tartibi
zamburug‘lari 3 ta oilaga bo‘linadi: 1
. 1. 1.Moniliatsiya - Moniliaceae.
2. Dematatsiya -Dematiaceae.
3.
Tuberkulyaratsiya -
Tuberculariceae.
Dostları ilə paylaş: