Dematiaceae oilasi vakillarining miseliysi,konidiyabandlari va konidiyalari rangli bo‘ladi.
Bu oilaga ham bir nechta turkumlar kiradi. Bularning eng asosiylari: 1. Kladasporium - Cladosporium 2. Gelmentosporium - Helminthosporium 3. Serkospora - Cercospora 4. Alternariya -Alternaria.... Kladasporium avlodining konidiyalari bir xujayrali, bir, ikki to‘siqli, ovalsimon va
zanjirsimon joylashadi. Avlod vakili Cladosporium fulvum pomidorda qo‘ngir doglanishni
qo‘zgatadi.
Bundan tashqarii oilaning avlodini vakillari qishloq xo‘jalik ekinlarida quyidagi
kasalliklarni qo‘zgatadi.
Masalan:Thielaviopsis basicola - g‘o‘zada qora ildiz chirish Fusicladium dendriticum – olmada parsha Clasterosporium carpophyllum – o‘rikda klyastosparioz Spondylocladium atrovirens – kartoshkada yaltiroq parsha Macrosporium solani – kartoshkada makrosparioz Cerecospora beticola – lavlagida serkosparioz, kasalliklarini qo‘zg‘atadi. 3. Tuberkulyariatsiya oilasi vakillarining konidiyalari turli ranglarda, shakllarda va tuzilishlarda bo‘ladi. Bu oilaning asosiy avlodlaridan: 1. Fusarium; 2.Tuberculacia. Fuzarium avlodining konidiyalari ikki xil bo‘ladi makro va mikrokonidiyalar, miseliysi
ko‘pincha oq, pushti, ko‘kimtir ranglarda bo‘ladi, konidiyalari o‘roqsimon qayrilgan bo‘ladi. Bu
avlod vakillari turli qishloq xo‘jalik o‘simliklarida kasalliklar qo‘zg‘atadi. Masalan: Fusarium oxysporium - g‘o‘zada vilt, bug‘doyda fuzarioz kasalligini qo‘zg‘atadi.
2.Melankonialis tartibi. Bu tartibga kiruvchi zamburuglarning konidiyabandlari yigilgan
holda joylashgan bo‘lib, yostiqsimon yoki disksimon bo‘ladi. Konidiyalari esa epidermisni yorib
chiqadi. Bu tartib zamburuglari mevalarda, barglarda va novdalarda yaralar hosil qiladi, doglanish
va antraknoz kasalliklarini keltiradi. Bu tartibga bitta Melanconiaceae oilasini o‘z ichiga oladi. Bu
oila esa bir nechta avlodni o‘z ichiga oladi.
1. Gloesporium – Gleosporium
2. Cylindrosporium – Silindrosporium
3. Marsonia – Marsonina
4. Sphaceloma –Sfaseloma
Oila vakillaridan Gloesporium ampelophogum – tokning antraknoz kasalligini qo‘zg‘atadi.
19- Mavzu: DEUTEROMYCETES-LAR SISTEMATIKASI VA ULARNING