Bank hisobi va audit


-Mavzu. Banklarda balansdan tashqari operatsiyalar hisobi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
17-Mavzu. Banklarda balansdan tashqari operatsiyalar hisobi. 
Reja: 
1.Banklarda balansdan tashqari operatsiyalar hisobi mazmuni. 
2. Bank kafolatlari va ularning hisobi.
3.Muddatli bitimlar va ularning hisobi. Trast operatsiyalari hisobi. 


232 
1.Banklarda balansdan tashqari operatsiyalar hisobi mazmuni. 
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yil 13 avgustda 773-17-
son bilan ro’yxatga olingan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
Boshqaruvining 2007 yil 17 iyuldagi 15/3-son qarori bilan tasdiqlangan 
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari 
rejasining oxirgi 6 bo’limi “Ko’zda tutilmagan holatlar” deb ataladi. Bank 
balansining mazkur bo’limida bank tomonidan barcha turdagi balansdan tashqari 
hisoblari amalga oshiriladi va aks ettiriladi.
«Ko’zda tutilmagan holatlar» bo’limiga operatsiyalarni ikki yoqlama yozuv 
uslubi bo’yicha aks ettirish va amalga oshirilgan operatsiyalarning to’g’riligini 
qo’shimcha nazorat qilish imkonini beruvchi kontr-aktiv hisobvaraqlar kiritilgan. 
Balansdan tashqari hisobvaraqlar bank balansining aktiv qismi tarkibiga 
kiradi.
Balansdan tashqari hisobvaraqlarda bankka tegishli bo’lmagan va unga 
ishongan holda saqlash uchun topshirilgan vositalar va qimmatliklar, ijro etilishi 
lozim bo’lgan talablar va majburiyatlar, muddatli va muddati o’tgan to’lovlar 
hamda qimmatli qog’ozlar blankalari hisobga olinadi. Dastlabki buxgalteriya 
ma’lumotlari mazkur hisobvaraqlarga balansdan tashqari orderlar orqali aks 
ettiriladi va bank tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar analitik va sintetik tahlili 
shu ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. 
Bankning 
balansdan 
tashqari 
hisobvaraqlarida 
quyidagilar 
aks 
ettiriladi:to’lovga yaroqsiz va ekspertizaga qabul qilinganbanknot va tangalar
hujjatli qimmatli qog’ozlar blankalari va hujjatsiz qimmatli qog’ozlar; bankning 
plastik kartalari, terminallari,bankomatlari va infokioskalari;savdoga oid 
moliyalashlar;aktivlar bo’yicha foizlar va vositachilik haqlari;bankning kredit va 
lizing majburiyatlari;qarzdorlarning kredit va lizing majburiyatlari;hosilaviy 
instrumentlar bo’yicha transaktsiyalar;qimmatli qog’ozlar bo’yicha muddatli 
bitimlar;saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar;garov 
sifatidagi qimmatli qog’ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar. 
Bankning ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida zahira fondidagi 
banknotalar va tangalar, kreditlar bo’yicha qarzdorlarning muddatli majburiyatlari, 
hisob-kitob hujjatlari, bankka qabul qilingan inkasso va kredit bo’yicha ta’minot 
hujjatlari hisobi, qat’iy hisobda to’ruvchi blankalar, pul belgilarini chiqarish uchun 
ruxsatnoma, to’lovga qaratilgan akkreditivlar va boshqalarning hisobi yuritiladi. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
tijorat 
banklarida 
buxgalteriya 
hisobi 
hisobvaraqlari rejasining 17.01.2011 yildagi №773-29-son o’zgarishiga asosan 
tijorat banklarining ko’zda tutilmagan holatlar bo’yicha hisobvaraqlari 
quyidagilardan iborat; 

90100 To’lovga yaroqsiz va ekspertizaga qabul qilinganbanknot va 
tangalar; 

90300 Hujjatli qimmatli qog’ozlar blankalari va hujjatsiz qimmatli 
qog’ozlar; 


233 

90400 
Bankning 
plastik 
kartalari, 
terminallari,bankomatlari 
va 
infokioskalari; 

90900Savdoga oid moliyalashlar; 

91500Aktivlar bo’yicha foizlar va vositachilik haqlari; 

91800Bankning kredit va lizing majburiyatlari; 

91900Qarzdorlarning kredit va lizing majburiyatlari; 

92700Hosilaviy instrumentlar bo’yicha transaktsiyalar; 

92800Qimmatli qog’ozlar bo’yicha muddatli bitimlar; 

93600Saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar; 

94500Garov sifatidagi qimmatli qog’ozlar, mulklar va mulkiy 
huquq(talab)lar; 

95400Boshqa ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari; 

96300Ko’zda tutilmagan holatlar kontr-hisobvaraqlari. 
90100 hisobvaraqdan 95400 hisobvaraqgacha bo’lgan hisobvaraqlar aktiv 
hisobvaraqlar hisoblanadi. Shu sababli ularning ko’payishi debetda kamayishi esa 
kreditda bo’ladi. Ushbu hisobvaraqlarga kontr-hisobvaraq bo’lib 96300 
hisobvaraqlar hisoblanadi. 
Balansdan tashqari hisobvaraqlarning aksariyat qismi balans hisobvaraqlariga 
nisbatan nazorat funktsiyasini bajaradi. 
Tijorat banklarida mijozlarga kreditlar ajratilganda va lizing xizmatlari 
ko’rsatilgan vaqtda rasmiylashtirilgan ta’minot bilan bog’liq hujjatlar, ya’ni 
kafolat, kafillik va mol-mulk garovi shartnomalarining hisobi bevosita balansdan 
tashqari hisobvaraqlarda aks ettiriladi va hujjatlar bank kassasida saqlanadi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin