120
xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan va xizmat muddatidan qat’iy nazar bir
donasi O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan eng kam ish haqining 50
baravarigacha qiymatga ega bo‘lgan bank faoliyatida foydalaniladigan
buyumlardir. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarga
kanselyariya va ofis
buyumlari, turli xil blankalar, pochta va hujjat markalari va boshqalar kiradi. Kam
baholi va tez eskiruvchi buyumlarning hisobi sotib olish qiymati bo‘yicha
yuritiladi.
Bunday buyumlarni sotib olishda avval buyum qiymatini to‘lab berish orqali
yoki qabul qilingandan so‘ng to‘lab berish orqali amalga oshiriladi.
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar qiymatini oldindan to‘lab berish
orqali sotib olishda quyidagi provodkalar bajariladi:
Debet 19909 – “Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy
boyliklar uchun
to‘langan mablag‘lar”
Kredit 10301 yoki 16103 – “Bankning vakillik hisobvaraqlari” yoki
Kredit 20208, 20210 – “Mijozning hisobvarag‘i”.
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning o‘zi omborxonaga qabul qilinadi,
bu operasiya quyidagi provodka orqali rasmiylashtiriladi:
Debet 19921 – “Omborxonadagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar”
Kredit 19909 – “Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy boyliklar uchun
to‘langan mablag‘lar”
Agar dastlab buyumlar omborxonaga kelib tushib, to‘lov keyin amalga
oshirilsa, bu operasiya quyidagicha hisobga olinadi:
Debet 19921 – “Omborxonadagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar”
Kredit 29802 – “Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy
qiymatliklar uchun
to‘langan mablag‘lar”
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning qiymati to‘langanda:
Debet 29802 – “Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatliklar uchun
to‘langan mablag‘lar”
Kredit 10301, 16301 – “Bankning vakillik hisobvarag‘i” yoki
20208, 20210 – “Mijozning hisobvarag‘i”.
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar omborxonada foydalanishga
berilganda, sotilganda, foydalanishga yaroqsiz
holga kelganda hisobdan
chiqariladi.
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar foydalanishga berilganda quyidagi
provodka bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 56406 – “Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari”.
Kredit 19921 – “Omborxonadagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar”
Foydalanishdagi va omborxonadagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning
saqlanishi ustidan nazorat olib boriladi. Ularning
hisobi alohida jurnallarda
yuritiladi. Omborxonadagi va foydalanishga topshirilgan kam baholi va tez
eskiruvchi buyumlarning saqlanishi va ularning haqiqatda
mavjudligi ustidan
nazorat olib boriladi. Buning uchun kamida yiliga bir marta inventarizasiya
o‘tkaziladi. Agar moddiy boyliklar kamomadi aniqlansa, ularning qiymati aybdor
va moddiy javobgar shaxslardan qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda undirib olinadi.
Agar inventarizasiya davomida omborda hisobda bo‘lmagan
buyumlar aniqlansa,
121
inventarizasiya komissiyasi tomonidan narxi belgilanib, omborga kirim qilinadi va
boshqa foizsiz daromadlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: