Bank hisobi va audit


Materiallar hisobi, ularning kirim qilish va ishlatish tartibi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

4.Materiallar hisobi, ularning kirim qilish va ishlatish tartibi. 
Hisobvaraqlar rejasiga bank omboridagi asosiy vositalar “Ombordagi asosiy 
vositalar” nomli 16561-hisobvaraqda, ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi 
buyumlar esa “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa 
qimmatliklar” nomli 19921-hisobvaraqda hisobga olinadi. Ombordagi asosiy 
vositalar va ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar omborxonadan 
yozma talabnomalar bo‘yicha beriladi. Bu talabnomalarni imzolash va ombordan 
materiallar berishga ruxsat etish huquqi berilgan shaxslar to‘g‘risida buyruq 
chiqarilishi kerak. Buyruq nusxasi mazkur shaxslar imzolarining namunalari bilan 
birga ombor mudiriga va buxgalteriyaga, hisobvaraq bo‘yicha hisob yuritadigan 
xodimga topshiriladi.
Qiymati tegishli hisobvaraqlarga kiritilishi kerak bo‘lgan materiallar uchun 
yozilgan talabnomalarda bank buyrug‘i bo‘yicha imzolash huquqi berilgan tasarruf 
etuvchining ruxsat beruvchi imzosi bo‘lishi lozim. 
Ombordan materiallar olish uchun yoziladigan talabnoma uch nusxada 
tuziladi. Ularda ko‘zda tutilgan barcha rekvizitlar, shuningdek, talab qilinayotgan 
moddiy qimmatliklarning nomenklatura bo‘yicha raqamlari, nomi (navi), soni va 
maqsadi ko‘rsatiladi. 
Talabnomalarning dastlabki ikki nusxasiga materiallar oluvchi ularni olgani 
haqida tilxat yozadi va bu qog‘ozlarga materiallarni bergan omborchi imzo 
chekadi. 
Berilgan materiallar ombor hisob yuritish qaydnomalarida chiqim 
qilinganidan keyin omborchi talabnomaning ikkinchi nusxasini xranologik tartibda 
o‘zidagi chiqim hujjatlari yig‘majildiga tikib qo‘yadi. Birinchi nusxa 
buxgalteriyaga topshiriladi, uchinchisi esa materiallarni oluvchining qo‘liga 
beriladi. 
Materiallar boshqa filialga jo‘natilayotganda talabnomalar to‘rt nusxada 
tuziladi. Ularning biri moddiy qimmatlik jo‘natmasiga qistiriladi, ikkita nusxasi 
buxgalteriyaga beriladi va to‘rtinchi nusxasi ombor mudiriga beriladi. 
Talabnomalar umumiy summasiga materiallar sarfini hisob hujjatlarida aks ettirish 
uchun kirim-chiqim orderi tuziladi. 


123 
Yoqilg‘i va moylash materiallari haydovchilarga, shuningdek, boshqa xo‘jalik 
materiallarni muayyan limitlar bo‘yicha muntazam olib turadigan shaxslarga 
talabnomalarsiz, har bir oyda har bir oluvchi uchun tutiladigan limit kartalari 
asosida berilishi mumkin. Bu kartalarda berilgan materiallar summasi qayd etiladi. 
Ana shu limit kartalari asosida har oy oxirida materiallarning qiymati balansdan 
chiqariladi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin