MJTJ faoliyatini to‘g‘ri tashkillash maktabda sinfdan tashqari ishlarni keng
ko‘lamida amalga
oshirishga imkon beradi, o‘quvchilarni ijtimoiy foydali faoliyat
va jismoniy mashqlar bilan tizimli shug‘ullanish mashg‘ulotlarga qatnashishga
odatni shakllantiradi.
Ijtimoiy ahamiyatga molik vazifalarni hal etishga qodir jamoaga
o‘quvchilarning birlashuvining o‘zi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. O‘z
faoliyatini foydaliligini tushunish, vazifalarini ixtiyory
bajarishda va huquqining
tengligi jamoa oldidagi mas’uliyat, o‘quvchilarda shaxsning ma’naviy, ahloqiy
xususiyatlarini shakllantirishga yordam beradi.
STIning maqsadi vazifalari va uni tashkillash o‘sib kelayotgan yosh avlod
jismi tarbiyasi va uning jismi madaniyati uchun qo‘yilgan umumiy maqsad,
vazifalar bilan muvofiqlashtirilgan va O‘zbekiston Respublikasining xalq ta’limi
vazirligini bir qator uslubiy yo‘riqnomalari, normativ hujjatlari, ko‘rsatmalari va
qarorlari bilan reglamentlashtirilgan.
Maktab yoshidagilar jismoniy tarbiyasining
umumiy tarkibiy qismini
tashkillovchi,
o‘quv
ishlarini
to‘ldiruvchi
va
unga
bo‘ysundirilgan
mashg‘ulotlarning bunday shakllari o‘quvchi jismoniy tarbiyasi jarayonini maxsus
hayotiy zaruriy bilimlar, harakat malakalari, ko‘nikmalari bilan boyitadi. Eng
ahamiyatli tomoni shundaki, bu mashg‘ulotlar va tadbirlar o‘quvchilarning
qiziqishlariga tayanib va ko‘ngilli ravishda, ularning xohishlari asosida tuziladi va
boshqaruv ularning inon-ixtiyoriga beriladi. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarda
tashabbus ko‘rsatish, o‘z fikrini jamoaga o‘tkazish yoki uning aksi, jamoaning fikri
bilan hisoblashish, lozim bo‘lsa unga bo‘ysunish hamda
jamoaning jamoatchilik
tumani (shahri), viloyati, kerak bo‘lsa Respublikasi sharafi uchun kurashish,
himoya qilishdek hissiyotlarni tarbiyalaydi.
Katta tanaffusdagi o‘yinlar ochiq havoda kamida 6-8 joyda uyushtirilishini
katta samara berishini amaliyotda ko‘p marotaba asoslangan. Jismoniy tarbiya
daqiqalarini o‘tkazishga har bir sinfda 2 nafar qiz va 2
nafar bola shu daqiqalarni
o‘tkazuvchi faollar tarzida tayyorlangan bo‘lib ular jismoniy tarbiya daqiqalari
kompleksini tuzishda jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini ko‘rsatmalarini hisobga
oladilar. Bu mashqlarni bajartirish metodikasini maxsus seminarlarda o‘rganadilar.
Bunday tadbirlar ommaviy tadbirlar tarzida an’anaga aylanishi lozim.
Haftaning shanba, yakshanba kunlari turistik yurishlar, kichik sayohatlar
(piyoda, velosipeda, avtomobilda, suvda va boshqalar)ni
joriy qilish, uni taraqqiy
ettirish, bunday tadbirlarga boshqa fan o‘qituvchilari, sinf rahbarlarini, ota-onalarni
jalb qilish yaxshi samara beradi.
Sog‘lomlashtirish
komissiyasini
bunday
tadbirlarini
tashkillash
va
o‘tkazishning aniq muddati, tadbirga tayyorlanish uchun vaqt ajratilishi, unga qaysi
sinflar jalb qilinishi o‘quv yili boshidan rejalashtirilishi va bu tadbirni o‘tkazish
ssenariysi oldindan komissiya tomonidan muhokama qilinishi shart. Bunday
tadbirlarni ssenariysi tarkibida ularni tantanali ochilishi, turli ko‘rinishdagi,
namoyish qilish maqsadidagi ommaviy chiqishlar va turli nomerlar tayyorlashni
ahamiyati katta.
Dostları ilə paylaş: