Ta’sischilar qo’yilmalarining xaqiqiy kelib tushishi 4610-«Ustav
kapitali (fondi)ga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining
kreditiga o’tkaziladi, har xil aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning
debeti bilan bog’langan holda moddiy qiymatliklar va nomoddiy aktivlar,
ustav kapitaliga kiritilgan qo’yilmalarning qiymati aniq, haqiqatda mavjud
bo’lgan bozor bahosida yoki ta’sischilarning roziligi bo’yicha baholanadi.
Ta’sischilar ulushining qaytarilishi ustav kapitalining miqdorini
kamaytirmaydi. Hisobda bu muomala xuddi aksiyadorlar jamiyatining
sotib olingan xususiy aksiyalaridek quyidagi 8610-«Sotib olingan o’zining
oddiy aksiyalari» schyoti va 8620-«Sotib olingan o’zining
imtiyozli
aksiyalari» schyotlariga o’tkaziladi.
8310-«Oddiy aksiyalar" schyoti ovoz berish huquqiga ega bo’lgan
oddiy aksiyalarning qiymati qo’shilgan holdagi aksiyadorlar kapitalining
holati va harakati to’g’risidagi va imtiyozli aksiyalar uchun to’lanadigan
dividendlar qayd etilgandan keyin qolgan sof daromadni taqsimlashda
qatnashuvchilar to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun
mo’ljallangan.
Aksiyadorlik jamiyati davlat ro’yxatidan o’tgandan keyin uning nizom
kapitali aksiyadorlarga taqdim etilgan o’z aksiyasining ulushini to’lashdagi
mablag’larining hisobiga shakllanadi va ro’yxatga olingan emissiya
yo’nalishidagi summa 8310-«Oddiy aksiyalar» schyotining krediti
bo’yicha 4610-«Ustav kapitali (fondi)ga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning
qarzlari» schyotining debeti bo’yicha aks ettiriladi.
Aksiyalar uchun
to’lovlar bo’yicha haqiqiy kelib tushgan mablag’larga 4610-«
Ustav
kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi » schyoti
kreditlanib, pul mablag’larini, TMZ va boshqa aktivlarni hisobga oluvchi
schyotlarning debet tomoni bilan korrespondensiyalanadi.
Muomalada qatnashayotgan chiqarilgan (aksiyadorlar tomonidan a’zo
bo’lish amalga oshirilgan) yoki e’lon qilingan (chiqarishga ruxsat berilgan)
oddiy aksiyalarning har qaysi chiqarilishi bo’yicha alohida analitik hisob
yuritiladi va hali chiqarilishi tugatilmagan, ammo ro’yxatdan o’tkazilgan
miqdorda shunday aksiyadorlik kapitali sifatida aks ettiriladi. Aksiyadorlar
jamiyati kapitalining huquqiylik darajasi uning nominal qiymatini aniqlab,
aksiyalarni chiqarishga ruxsat berilganligini ro’yxatdan o’tkazishda
belgilanadi. Qimmatbaho qog’ozlarni chiqarishni ro’yxatdan o’tkazish
tartibi, odiy va imtiyozli aksiyalarni chiqarish sharti va ularning bank
tomonidan sotib olinishi 26.04.1996 yil, 223-1-sonli «Aksiyadorlar
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi
Qonun va 10.07.1998 yil, 423- sonli «O’zbekiston respublikasining
363
xududida qimmatbaho qog’ozlarni ro’yxatdan o’tkazish va chiqarish tartibi
to’g’risida»gi Nizom bilan tartibga solinadi. Chiqarilgan aksiyalar
8310-«Oddiy aksiyalar» schyotida nominal qiymati bo’yicha
hisobga
olinadi, ularni sotishdan olingan summalar 8410 - «Emissiya daromadi»
schyotida aks ettiriladi.
Aksiyadorlar jamiyatlari o’zininng ustav kapitalini yangi aksiyalarni
chiqarish yoki ularning nominal qiymatlarini oshirish yo’li bilan
ko’paytirishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatlarining ustav kapitali
miqdorining kamayishi aksiyalarning nominal qiymatining pasayishi
hisobiga yoki kapitalga obuna to’g’risidagi xabarda obuna summasining
miqdorini qoplamagan takdirda sub’ektlar tomonidan xususiy
aksiyalarning bir qismini aksiya egalaridan sotib olishi hisobiga ro’y
berishi mumkin.
Aksiyalarni tugatish maqsadida ularni maydalab yuborish ya’ni,
ularning nominal qiymatini mutanosib
ravishda kamaytirib umumiy
miqdorini ko’paytirish lozim bo’ladi.
Ushbu aksiyalarni maydalash natijalari aksiyadorlar kapitalining
hajmiga ta’sir kilmaydi, fakatgina yangi chiqarilgan aksiyalarning nominal
qiymatini va muomaladagi aksiyalarning miqdorini ko’paytiradi. Ushbu
muomalalar bo’yicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilmaydi, lekin
ushbu muomalalarni 8310-«Oddiy aksiyalar»
schyotiga ochilgan analitik
hisob registrlarida qayd qilish zarur.
8310-«Oddiy aksiyalar»ning hisobi bo’yicha analitik hisob xo’jalik
axborotlarining shakllanishini ta’minlashi shart.
8320-"Imtiyozli aksiyalar» schyoti imtiyozli aksiya ko’rinishida
chiqariladi, ovoz berish huquqiga ega bo’lmagan, lekin aksiya egasiga
dividend kafolatini beradigan, ya’ni olingan foydani taqsimlash jarayonida
oddiy aksiya egalariga nisbatan imtiyozi belgilangan (dividend olish
kafolati) aksiyadorlar kapitalining holati va harakati to’g’risidagi
axborotlarni umumlashtirish uchun qo’llaniladi.
Aksiyalarning hisobi 8320-«Imtiyozli aksiyalar» schyotida ushbu
aksiyalarning nominal qiymati bo’yicha amlaga oshiriladi.
Ushbu aksiyalarning nominal qiymatidan yuqori bahoda sotishdan
olingan har bir summa 8410-«Emissiya daromadi»
schyotida qayd
qilinadi.
Imtiyozli aksiyalar bo’yicha analitik hisob xo’jalik
yurituvchi
sub’ektlar bo’yicha va kapitalning shakllanish bosqichi bo’yicha
axborotlarning shakllanishini ta’minlashi shart.
364
8330 - «Pay va ulushlar» schyoti xo’jalik yurituvchi sub’ektlar-ning
tashkiliy huquqiy shakllariga asosan davlat yoki xususiy, qo’shma
korxonalarda qatnashuvchilarning badallari hisobiga tashkil qilingan
kapitallarning holati va harakatini hisobga olish uchun mo’ljallangan.
Davlat korxonalari davlat tomonidan ajratilgan asosiy va aylanma
mablag’lardan tashkil qilingan va o’rnatilgan
tartibda ustav
jamg’armalarini tashkil qiladilar.
Ulush kapitali mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik
faoliyatini yuritish uchun ta’sischilar omonatlarining yig’indisidan tashkil
topadi.
Ulush jamg’armasi - mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ektning
birgalikdagi ishbilarmonlik faoliyatini yuritish uchun ishlab chiqarish
kooperativi a’zolarining ulush badallari yig’indisidan tashkil topadi.
Ustavda qayd qilingan va ta’sis xujjatlarda ko’rsatilgan
ta’sischilarning ulushi va omonatlaridan tashkil topgan sub’ektning ustav
kapitalini ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin ta’sischilarning ulushi va
omonatlarining summasi 8330 - «Pay va ulushlar» schyotining krediti va
4610-«
Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha
qarzi» schyotining debetida qayd qilinadi.
Ta’sischilar omonatining sub’ektga kelib tushishi 4610-«
Ustav
kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi» (fondi)ga
badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining kreditida va pul
mablag’larini, moddiy va nomoddiy qiymatliklarni hisobga oluvchi
schyotlarning debet tomonida ko’rsatiladi.
Ustav kapitali (fondi)ning analitik hisobi xo’jalik yurituvchi
sub’ektning har bir ta’sischisi bo’yicha ayrim olgan holda yuritilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: