21-laboratoriya mashg`uloti: Qizil ilik, timus, taloq va limfa tuguni gisto-perparatlarini o`rganish. Reja



Yüklə 192,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix29.03.2023
ölçüsü192,19 Kb.
#124534
1   2   3   4
SG 21-lab

Preparat: Yosh hayvon (mushuk bolasi)ning timusi. Gematoksilin va eozin bo’yalgan. 
Timusning tuzilishi yosh bilan bog’liq keskin o’zgarishlarga uchraganligidan uni yosh va 
qari hayvonda o’rganish lozim. Ushbu preparat organning yetuk davri tuzilishini aks ettiradi. 
Uning bo’lakchalardan tuzilganligi shunchalik aniq ifodalanganki, bu preparatda oddiy ko’z 
bilan hamko’rinadi. 
Kuchsiz ob’yektivda o’z tarkibida har doim yog’ hujayralari yig’indisi (2) saqlovchi 
biriktiruvchi yumshoq to’qimadan iborat kapsula (1) topiladi. Kapsuladan uning kabi biriktuvchi 
yumshoq to’qimadan iborat bo’lakchalararo to’siqlar (3) ajraladi va organ ichiga yo’naladi. 
Ularda bo’lakchalararo qon tomirlari joylashadi. Bo’lakchalarning periferiyasida kuchliroq 
bo’yaluvchi po’stloq modda (4) farq qilinadi. Kuchli ob’yektiv yordamida bo’lakchalar 
periferiyasining bunday bo’yalishi epitelial to’rni butunlay to’ldirib tiruvchi ko’pdan-ko’p 
limfotsitlarga bog’liqligiga ishonch hosil qilinadi. 
Bo’lakcha markaziy qismini hosil qiluvchi mag’iz modda (5)ning ochroq bo’yalishi bu 
yerda limfotsitlarning kamroq ekanligidandir. Mag’iz modda ko’rinmaydigan bo’laklar po’stloq 
modda orqali o’tgan yuza kesimlardir. 
Mag`iz moddada bo’lakchalararo qon tomirlaridan maydaroq bo’lakcha qon tomirlari (6) 
ko’rinadi. Shu joyda, hatto kichik ob’yektivda konsentrik qavatlilikka egaligi bilan ajralib 
turuvchi timus tanachalari (7) ko’rinadi va ularni qon tomirlaridan farq qilish kerak. 
Kuchsiz ob’yektivda timusning umumiy tuzilishi bilan tanishib va uni chizib olib, mag’iz 
moddasiga ega, timus tanachalari yaxshi ifodalangan bo’lakchani tanlab olamiz, kuchli 
ob’yektivda qaraymiz va chizib olamiz (bir necha bo’lakchalar shaklini chizib, mag’iz va 
po’stloq moddalarni ko’rsatib, ulardan faqat bittasiga nozik detallarni chizish ham mumkin). 
Endi limfotsitlarning mag’iz qism o’zaklarining ko’pchiligini tashkil qiluvchi, yumaloq, kuchli 
bo’yalgan o’zaklari (9)ni, har joy-har joyda ular orasida ajralib turadigan epitelial to’r o’zaklari 
(10)dan farq qilish mumkin. Epitelial to’r o’zaklari limfotsitlarning o’zaklariga qaraganda 
yirikroqligi va kuchsizroq bo’yalishi bilan ajralib turadi. Timus tanachasida epiteliy 
hujayralarining konsentrik qat-qat joylanishi (11) va tanacha markazining yemirilayotganini (12) 
ko’ramiz. Timus tanachalari mikroskopik tuzilishiga ko’ra bir-biridan juda farq qiladi. Mag’iz 
moddada qon tomirlarining kesimlari ko’puchraydi. 


Mushuk bolasining timusi. Kuchsiz ob’yektiv 19-rasm. Limfa tuguni va taloq. 

Yüklə 192,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin